Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti e. A. Akramov korxonalar moliyaviy holati



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/64
tarix30.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#91434
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
portal.guldu.uz-KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILI

Tayanch iboralar 
Korxona foydasi – uning moliyaviy natijasi, uning faoliyatini samarasini 
ifodalovchi ko‘rsatkich. 
Yalpi foyda – ularni korxona faoliyatidan olingan moliyaviy natija. 
Sof foyda – korxona tomonidan budjetga o‘tkazilgan to‘lov va soliqlardan keyin 
qolgan korxona foydasi. 


116 
Rentabellik – korxona faoliyatining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich. 
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Bozor munosabatlari sharoitida foyda deb nimani tushunasiz?. 
2. Korxonani foydasi qanday ko‘rsatkichlarda, shakllarda ifodalanadi? 
3. Korxona foyda ko‘rsatkichlari qanday tahlil etiladi? 
4. Korxona foydasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir qanday tahlil 
etiladi? 
5. Rentabellik deb nimani tushunasiz? 
6. Rentabellik qanday shakllarda ifodalanadi? 
7. Qanday ko‘rsatkichlar orqali rentabellik tahlil etiladi? 
8. Rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlari. 
9. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi deb nimani tushunasiz? 
10. Korxonalarni sanatsiya qilish va bankrot deb e’lon qilish. 
11. Korxonalarni iqtisodiy nochorligini qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil 
etiladi? 


117 
XOTIMA O‘RNIDA 
Hurmatli o‘quvchi, ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchi! 
Tavsiya qilinayotgan bu qo‘llanma muallifning ko‘p yillar mobaynidagi 
o‘qituvchilik faoliyati, o‘ylashi, izlanishi va tadqiqot ishlarining natijasidir. 
O‘quv qo‘llanmada muallifning O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida 
«Korxonalarning moliyaviy holati tahlili» fanidan Bank-moliya Akademiyasi, 
Buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi, Toshkent moliya instituti huzuridagi 
tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash 
institutida va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi magistraturada 
darslar o‘tkazish rejalari, mavzulari bayon etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilmoqda. 
Bozor munosabatlari davrida korxona va tashkilotlar faoliyatining asosiy natijalari 
bo‘lib moliyaviy ko‘rsatkichlar shakllanadi. Demak, korxonalarning moliyaviy holati 
tahlili korxonalarning boshqaruv tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallaydi. 
O‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlarning tajribalari, mamlakatimizda 
bajarilgan ilmiy-amaliy ishlarning natijalari, bozor munosabatlariga o‘tish vazifalari
bozor munosabatlarining samaradorligini ko‘tarish muammolari o‘z ifodasini topgan. 
Qo‘llanmani tayyorlashda muallif soha mutaxassislarini, talabalarni tahlil asosida 
faqat 
moliyaviy 
ko‘rsatkichlarni 
hisoblash 
uslublariga 
o‘rgatish 
bilan 
chegaralanmasdan, bu ko‘rsatkichlarning mazmunini tushunishga, moliyaviy 
muammolar bo‘yicha o‘ylashga, xulosalar chiqarishga, tavsiyalar ishlab chiqarishga 
o‘rgatishga intilgan. Shu sababli o‘quv qo‘llanmada ko‘rilgan muammolarni 
ko‘pchiligiga har tomonlama, batafsil, turli nuqtai nazardan qarash amalga oshirilgan. 
Hozirgi paytda iqtisodiy mavzudagi adabiyotlarning tarqalishi, o‘quvchilarga 
yetib borishi murakkabligi sababli muallif moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan 
asarlarga va boshqa materiallarga ko‘proq e’tibor bergan.
O‘ylaymizki, o‘quv qo‘llanmani o‘qituvchilar, aspirantlar, magisrtlar, 
bakalavrlar, korxona, tashkilot rahbarlari, xalq xo‘jalik mutaxassislari katta qiziqish 
bilan qabul qiladilar. Muallif kelgusida ham bu borada ilmiy tadqiqot ishlarni davom 
etar ekan, hurmatli o‘quvchi va foydalanuvchilarga iltimos qilib, qo‘llanma bo‘yicha 
o‘z mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini va tavsiyalari Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 
18-uydagi Tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish institutiga 
yuborishlarini so‘raydi. Ular muallif tomondan samimiylik bilan qabul qilinadi va 
kelgusi ishlarda e’tiborga olinadi. 


118 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin