mldr. so’m
|
mldr. so’m
|
(1 nafar kishiga) kv.m
|
1
|
2016
|
2603,4
|
4710,4
|
156,8
|
110,3
|
1217,4
|
16,3
|
2
|
2017
|
2652,4
|
5786,1
|
193,2
|
187,3
|
1475,2
|
15,1
|
3
|
2018
|
2699,6
|
6887,6
|
303,7
|
252,8
|
2257,6
|
15,2
|
4
|
2019
|
2752,9
|
8293,1
|
369,9
|
383,8
|
3471
|
16
|
5
|
2020
|
2810,8
|
9258,8
|
570,8
|
564,6
|
4678,2
|
16,5
|
6
|
2021
|
2867,5
|
11353,5
|
693,6
|
735,8
|
5556,7
|
17
|
Tadqiqotda qurilish materiallari bozorini rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil qilinganda 7-jadvalda ko’rsatilgan omillar asosiy ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Tahlil natijalariga ko’ra 2016-2021 yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish ko’rsatkichi 4,4 barobarga, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi esa 6,6 barobarga, qurilish ishlari hajmi 4,5 barobarga o’sgan. Bundan tashqarish qurilish materiallari bozori rivojlanishiga viloyatda aholi sonining o’sishi, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning o’zgarishi va asosiy natija aholining uy joy bilan ta’minlanganlik darajasi ta’sir ko’rsatadi. Qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadi aholining uy joy bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish hisoblanadi. 2016-2021 yillarda viloyatda aholi soni 264.1 ming kishiga ko’paygan bo’lsa aholi jon boshiga to’g’ri keladigan umumiy daromadlar hajmi esa 2,4 barobarga o’sgan. Aholi sonining yildan yilga o’sishi natijasida aholining uy joyga bo’lgan ehtiyoji oshib bormoqda. Jumladan, viloyatda 2016 yilda aholiing uy joy bilan ta’minlanish darajasi 16.3 kv m tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2021 yilda 17 kv.m ni tashkil etdi.
Qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modelini yaratish va istiqbolini belgilash, rivojlanganlik darajasini o’rganishda, iqtisodiy optimal modellashtirishda o’tkazilgan sinovlar asosida to’plangan ma’lumotlar bo’yicha tuzilgan empirik formulalardan foydalaniladi.
Umumiy holda normal tenglamalar sistemasini keltiramiz.
n– darajali polinom
(1.1)
Keltirilgan tenglamalar sistemasi asosida qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modelini yaratish va istiqbolini belgilash hamda rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari belgilash maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy matematik usullardan foydalangan holda statistik ma’lumotlar dinamikasini ilmiy jihatdan ekonometrik modelini hosil qilish va modellar asosida bashoratlar qilish mazkur ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Umuman olganda, qurilish materiallari bozorini rivojlantirish uchun unga ta’sir etuvchi omillarning har birini alohida ekonometrik modelini yaratish va istiqbolini belgilash bo’yicha statistik ko’rsatkichlarni matematik modellari asosida tahlil qilish, o’rganilayotgan obyektlar haqidagi axborotlarning ishonchlilik darajasini oshiradi.
Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning har birini alohida matematik modelini yaratamiz:
1.Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillarning 2016-2021 yillardagi ko’rsatkichlari asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi bo’yicha statistik ma’lumotlar dinamikasini ilmiy jihatdan ekonometrik tahlil qilinib, ekonometrik modelini Stata-16, EXCEL dasturidan foydalanib, R2=0,985, thisob=14,03 va Fhisob=197,0 (∝= 0,05 bo’lganda tjad=2,11 va Fjad=2.272) teng bo’lgan holatda asosiy mahsulot hajmi o’zgarishining adekvat regressiya modeli quyidagicha ifodalanadi:
YQurulish materiallari ishlab chiqarish = 20,336x2 - 21,544x + 159,82
Bu yerda: YQurulish materiallari ishlab chiqarish – Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy ko’rsatkichlarning 2016-2021 yillardagi ma’lumotlari; x– vaqt (yillar).
6-rasmda aniqlangan model grafigi bilan haqiqatda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmining grafigi o’zgarishini taqqoslash mumkin bo’lib, iqtisodiy tahlil orqali ko’rinmagan ayrim chetlanishlarni kuzatish imkoniyati paydo bo’ladi va bu o’z-o’zidan ilmiy asoslangan qarorlar chiqarishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |