Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


-jadval Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirish 2022-2026 yillar uchun



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə14/16
tarix26.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#198197
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Z.Usubjonov Avtoreferat 13 .12.2023

9-jadval
Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirish 2022-2026 yillar uchun prognoz ko’rsatkichlari31



Omillar

2022

2023

2024

2025

2026

Aholi soni
(ming kishi)

2933,85

3000,75

3071,05

3144,78

3221,91

Aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi
(ming.so’m)

12330,99

13873,18

15493,12

17190,80

18966,22

Qurilish materiallari ishlab chiqarish
(mlrd.so’m)

1006,79

1289,82

1614,27

1979,45

2385,33

Qurilish materiallari chakana savdosi
(mlrd.so’m)

1275,96

1861,09

2641,37

3648,10

4912,57

Qurilish ishlari hajmi
(mlrd.so’m)

8058,78

10249,98

12741,47

15533,23

18625,27

Aholining uy joy bilan ta’minlanish darajasi, 1 nafar kishiga
(kv.metr)

18,44

21,20

24,56

28,49

33,02



Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. 2022-2026-yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakan savdo aylanmasi va qurilish ishlari hajmi 2,3 barobarga, aholi soni 1,1 barobarga, aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi 1,5 barobarga o’sishi prognoz qilinmoqda.

XULOSA
Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida quyidagicha xulosalar qilindi:
1.Namangan viloyatidagi qurilish materiallari bozorida sotuvchi va xaridorlar uchun yetarli darajada zamonaviy tipdagi qulay sharoit va imkoniyatlar mavjud emas. Sotuvchilar uchun yilning 4 faslida qulay bo’lgan savdo do’konlari bilan ta’minlanish darajasi pastligi, xaridorlarning savdoni erkin amalga oshirishi uchun avtoturargox va logistika tizimi na’munali darajada tashkil etilmagan. Yangi turdagi savdo xizmatlari ko’rsatish yuqori darajada rivojlanmaganligi, xaridorlarga yuksak madaniyatli xizmat ko’rsatish yaxshi tashkil etilmagan.Viloyatda gipermarket tipidagi zamonaviy qurilish materiallari bozorlarini («Qurilish materiallari «gipermarket»lari) tashkil etish natijasida yuqorida keltirilgan muammolarni samarali hal etishga erishiladi.
2.Namangan viloyatida qurilish materiallari bilan shug’illanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron savdo yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi va Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar va qurilish materiallari iste’molchilarini ( qurilish tashkilotlari, aholi, tadbirkorlik subyektlar) yagona innovatsion tizimga birlashtirish zarur. Namangan viloyatining
barcha hududlarini qamrab oluvchi qurilish materiallari onlayn savdo platformasini tashkil etish orqali elektron savdoni rivojlantirishga erishiladi.
3. Hududlarda qurilish materiallari savdosi sohasida konstalting xizmatlari joriy etish va viloyatda qurilish materiallari sotuvchi «Sotuv joyi» larni har bir tuman va katta qishloqlarda ham tashkil etish ya’ni qurilish materiallari na’munalarini joylashtirib, buyurtmaga asosan ombordan yoki firmadan qurilish maydoniga bevosita yetkazib beruvchi savdo shaxobchalari tashkil natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ichki talabni to’liq qondirish imkoniyatiga ega bo’lish, raqobatbardosh, innovatsion materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish, qurilish materiallari sotish usullarini kengaytirish, qurilish materiallari sotish jarayonida qo’shimcha savdo xizmatlarini joriy etishdagi muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
4. Viloyatda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, korxona va firmalar bilan yagona texnologik zanjirda (aloqada) bo’lgan servis, ilmiy va ta’lim sohalarini o’zaro integratsiyalashuviga asoslangan Namangan viloyatida “Namangan qurilish materiallari va xizmatlari” klasterini shakllantirish va ish faoliyatini tashkil etish natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish xizmatlarini jadal rivojlantirish, aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini qondirish, qurilish materiallari bozorini zamonaviy marketing strategiyalaridan foydalangan holda rivojlantirish imkoniyati yaratiladi.
5.Amaliy faoliyat ko’rsatayotgan korxona va firmalarda marketing bo’limlari mutaxassislari va savdo xodimlari malakasini uzluksiz oshirib borish tizimini yaratish zarur. Har bir viloyatda yangi tashkil etilayotgan “Kichik biznes markazlari” bilan «Biznesni rivojlantirish banki» hamkorligida «marketing-savdo» xodimlari malakasini oshirish dasturi ishlab chiqilishi zarur deb xisoblaymiz. Chunki hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirishning eng muhim omili sifatida marketing va savdo ilmini, hamda shu sohada ilg’or xorij amaliyotini egallagan mutaxassislar kerak.
6. Qurilish materiallari sanoatida quyidagilarni amalga oshirish lozim deb xisoblaymiz: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining qurilish materiallari importi tarkibini tahlil qilish va mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishda mavjud standartlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashtirish; Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish , amaliy tajriba almashish va ilg’or texnologiyalarning o’zaro transferini amalga oshirish lozim. Buning natijasida tashqi savdoni erkinlashtirish iqtisodiyot ochiqlik darajasining o’sishiga, ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga va raqobatbardoshlikning kuchayishiga, mamlakat eksport salohiyatini oshirishning ichki imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
7. Korxonalarda zarur kadrlarni tayyorlovchi institut, universitetlarning tegishli mutaxassislik kafedra filiallarini tashkil etish va shu asosda klasterlashtirish tizimiga ilmiy va o’quv jarayonlarini integratsiyalashuviga erishish natijasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan marketolog, texnolog va IT muhandislar bilan ta’minlash muammosini hal etish etishga erishiladi.
8.Uy joy qurilish tashkilotlari uchun alohida birja savdosini tashkil etish va unda asosiy turdagi materiallar uchun chegirma narxlar belgilash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari tannarxini pasaytirish, aholining uy-joyga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash, arzon va sifatli qurilish ishlari amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin