4-jadval
2017-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi va Namangan viloyatida elektron tijorat jami savdo aylanmasi tahlili23
mlrd.so’m
№
|
Hududlar nomi
|
2017
|
2018
|
2019
|
2020
|
2021
|
2022
|
1
|
O’zbekiston Respublikasi
|
12,1
|
40,9
|
275,3
|
1 002,5
|
5 978,7
|
10886,8
|
2
|
Namangan viloyati
|
0,0
|
0,2
|
5,2
|
19,1
|
32,7
|
47,3
|
Jami Elektron savdoda Namangan viloyati ulushi % da
|
0,0
|
0,6
|
1,9
|
1,9
|
0,5
|
0.4
|
2017-2022 yillarda respublikamizda elektron savdo aylanmasi sezilarli darajada o’sgan bo’lsa ham, jahon elektron savdo bozorida hali ko’rsatkichimiz juda past . Umuman qurilish materiallari bozorini rivojlantirishda, ularni chakana savdosiga alohida ahamiyat berish, ayniqsa, zamonaviy “Qurilish materiallari gipermarketlari” ni Namangan, Chust, Uchqo’rg’on shaharlarida, har bir shahar va tumanlarda qurilish materiallarini assortimenti, na’munasini ko’rsatib sotish va uyiga yetkazib berish xizmatini ko’rsatuvchi shaxobchalar tashkil etish zarurligi dissertatsiyada asoslangan. Chakana savdoni rivojlanishi natijasida qurilish materiallari assortimenti ko’payadi, aholini talabi to’laroq qondiriladi va qurilish ishlari hajmini oshishiga ta’sir ko’rsatadi.
5-jadval
Qurilish ishlari ko’rsatkichiga ta’sir etuvchi omillarning 2016-2022-yil ko’rsatkichlari tahlili24
Yillar
|
Aholi soni
X1 (ming kishi)
|
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi X2 ( ming so’m)
|
Aholi jon boshiga qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi
X3 ( ming so’m)
|
Aholi jon boshiga qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi hajmi X4 ( ming so’m)
|
Aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi
Y ( ming so’m)
|
|
O’zbekiston
|
Namangan
|
O’zbekiston
|
Namangan
|
O’zbekiston
|
Namangan
|
O’zbekiston
|
Namangan
|
O’zbekiston
|
Namangan
|
2016
|
28124,7
|
2601,1
|
6147,7
|
4578,9
|
163,8
|
61,7
|
41,5
|
58,00
|
979,9
|
467,9
|
2017
|
32120,5
|
2652,4
|
7314,1
|
5733,3
|
251,2
|
72,8
|
48,4
|
70,6
|
1080,2
|
556,1
|
2018
|
32656,7
|
2699,6
|
9128,6
|
6887,6
|
396,7
|
112,4
|
79,9
|
93,6
|
1565,6
|
836,2
|
2019
|
33255,5
|
2752,9
|
10891,3
|
8293,1
|
506,4
|
153,9
|
172,0
|
139,4
|
2139,6
|
1 260,8
|
2020
|
33905,2
|
2810,8
|
12122,2
|
9258,8
|
527,6
|
203,4
|
260,0
|
200,8
|
2599,3
|
1580,3
|
2021
|
34558,9
|
2867,5
|
14869,8
|
11353,5
|
666,3
|
241,8
|
329,6
|
256,5
|
3110,4
|
1 937,8
|
2022
|
35348,3
|
2931,1
|
16753,6
|
13880,7
|
769,7
|
272,7
|
419,9
|
306,7
|
3697,6
|
2 269,8
|
STATA-16 dasturi asosida quyidagi matematik modelni hosil qilamiz:
Y = 1,7877x1 + 0,0178x2+ 0,6876x3 + 5,2439x4 - 4460,395 .
Matematik model koeffitsientlarini Fisher mezoni bilan baholaymiz.
-mezonining haqiqiy qiymati jadval qiymatidan
( , , ): . ) katta, u holda matematik model jarayonni to’g’ri aks ettirganligini bildiradi.
Matematik modelni tahlili shuni ko’rsatadiki, Namangan viloyatida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmiga aholi soni, aholi jon boshiga qurilish materiallari сhakana savdo aylanmasi hajmining ta’siri sezilarli ekanligini ko’rsatmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda umuman savdoga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, maxsus savdo ixtisosligi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga kirishish zarur. Respublikada mustaqillik yillarida savdo va umumiy ovqatlanish sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yilgani yo’q. Elektron savdoni yo’lga qo’yish uchun ham bilimli mutaxassislar zarur. Mamlakat miqyosida, savdo va xizmatlar soxasini boshqarish bo’yicha maxsus qonun ham yo’q. Ammo «O’zbekistonda elektron tijorat» to’g’risida maxsus qonun qabul qilingan. Mazkur qonunning mazmun-moxiyati yanada yaxshilash bo’yicha dissertatsiyada maxsus tavsiyalar asoslangan.
Disseratsiya uchinchi bobining ikkinchi qismida Namangan qurilish materallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish masalasi berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2-dekabr kuni «Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari bo’yicha» videoselektor yig’ilishida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan klasterlar faoliyatini tashkil etish bo’yicha: «Infratuzilma xarajatlarini qisqartirish uchun bu klasterlarni mavjud xomashyo yoki yirik korxonalar atrofida tashkil etish kerak. Ularning yonida logistika, ilm va innovatsiya markazlari, zamonaviy laboratoriya tashkil etib, bozorni o’rganishni birlashtirsa, eksport va ichki bozorlarda raqobatdosh klaster paydo bo’ladi» deb ta’kidladilar.
Namangan viloyatida «NAMANGAN QURILISH MATERIALLRI VA XIZMATLARI” klasterini shakllantirish va ish faoliyatini tashkil etish o’ta zarur.
Viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish holatini tahlil qilish orqali mavjud korxonalar ishlab chiqarish quvvatlaridan to’la foydalanmayotganligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, pishgan g’isht ishlab chiqarish bo’yicha korxonalar o’z imkoniyatining 44 foizidan , lak bo’yoq mahsulotlari bo’yicha 53 foiz, quruq qurilish aralashmasi ishlab chiqarish 72 foiz, keramik plitka 86 foiz ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanmoqda. Hozirgi kunda viloyatda 25 dan ziyod asosiy turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.
Namangan qurilish materiallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Birinchidan, Namangan viloyati o’zining joylashuvi, geologik imkoniyatlari jihatidan qurilish materiallarini sanoatini rivojlantirish uchun juda qulay hudud hisoblanadi. Namangan viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra viloyatdagi mavjud konlarda 2,5 mln tn oyna xom ashyosi, 56,9 mln tn sement ashyosi, 5,8 mln m3 pardozbop toshlar, 9,8 mln tn oxaktosh va 8,4 mln tn qurilish toshlari kabi ko’plab konlarda qurilish materiallari zaxiralar mavjud.
Ikkinchidan, Namangan viloyatining Uychi, Uchqo’rg’on, CHust tumanlari pardozbop g’isht ishlab chiqarish va Pop tumani tabiiy toshni qayta ishlash, pardozbop plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi belgilangan.Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo’yicha bir qator vazifalar yuklatilgan:
-«qo’shimcha qiymat zanjirlari»ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
-zamonaviy tendensiyalarni xisobga olgan xolda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, trening dasturlaridan keng foydalanish va boshqalar.
Uchinchidan, asosiy masala esa, ichki va tashqi bozorlardagi raqobat muhitiga faqatgina marketing tadqiqotlarini oldindan o’tkazish, talab,taklif va baho o’zgarishlarini o’z vaqtida anglab borish, tovarlar reklamasini tashkil qila bilish va sotish usullarini tanlash kabi bosh masalalar mavjud. Hozirda ishlab turgan korxonalar mustaqilligiga halaqit bermagan holda ularga ilmiy – uslubiy va boshqa xizmatlar ko’rsatish lozim.
To’rtinchidan, sobiq Namangan muhandislik-pedagogika instituti «muhandislik-qurilish» institutiga aylantirildi. «NAMANGAN QURILISH MATERIALLARI VA XIZMATLARI» klasterini tashkil etilishi Namanganda «klaster» strategiyasiga asoslangan qurilish ishlari, qurilish materiallari sanoatini fundamental rivojlantirish, zamonaviy savdosini tashkil etish va chet el investorlarini yanada ko’proq jalb etishga imkoniyatlar yaratadi deb xisoblaymiz.
Klaster shakllanishi natijasida viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari uchun:
«Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasterini shakllantirish natijasida, korxonalar faoliyati mahalliy va jahon qurilish materiallari bozoridagi konyunktura o’zgarishlariga muvofiqlashtirib boriladi,viloyatdagi Oliy Ta’lim Muassasalari uchun ijobiy natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: |