Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Namangan qurilish materiallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish bo’yicha klaster modeli ishlab chiqilgan;
elektron axborotlarni to’plash, tahlil qilish va foydalanish, qurilish materiallari xaridlarini amalga oshirishda barcha hududlar bo’yicha ishlab chiqaruvchilarni qamrab olish qurilish materiallari elektron savdo platformasi samaradorligini oshirishi asoslangan;
zamonaviy qurilish materallari savdo komplekslarini «gipermarket» tipida tashkil etish qurilish materiallari savdosining raqobatbardoshligini oshirishi asoslangan;
aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan va ularni rivojlantirish zarurligi ko’rasitilgan;
hududlardagi qurilish materialllari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish zarurligi aniqlangan;
«Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasterini tashkil etish bosqichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi jahon va jumladan O’zbekiston olimlarining qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, xususan sohaning marketing xizmati xususiyatlari va ularni rivojlantirish mexanizmlari bo’yicha qarashlarini qiyosiy va tanqidiy tahlil qilish, tadqiqotlar jarayonida qo’llanilgan uslubiy yondashuvlar va usullarning asoslanganligi, ma’lumotlarning axborot bazasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va xalqaro nufuzli tashkilotlarning rasmiy manbalaridan olinganligi, shuningdek taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning, O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundaki, qurilish materiallari bozori subyektlarining faoliyatida marketing konsepsiyalaridan foydalanish, unda zamonaviy bozorlar tendensiyalari talablarini inobatga olingan, zamonaviy klasterlashtirish modelini asoslab berilgani, elektron platformani joriy etish metodikasini ishlab chiqish bo’yicha takliflar tayorlanishi, qurilish materiallari savdosida zamonaviy xizmat turlarini ko’rsatishning taklif etilishining ilmiy – nazariy asoslarini boyitishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati mamlakatimizda zamonaviy qurilish materiallari bozorini shakllantirish, unda xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish bo’yicha elektron tijorat - savdo faoliyatini rivojlantirish parametrlarini asoslashda hamda «B2B Marketing» , «Brendni boshqarish», «Internet marketing» fanlari bo’yicha keys-stadiylar, ma’ruzalar matni tayorlashda manba sifatida foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.