Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilayotgan oliy ta’lim muassasining ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog’liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
qurilish materiallari bozori mohiyati va uning xususiyatlarini tadqiq etish;
qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlarini tahlil qilish;
O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yeroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integratsiyalashish yo’nalishlarini tahlil qilish;
qurilish materiallarini bozorida taklif va uni shakllantirishda marketing tadqiqotlari ishlab chiqish;
qurilish materiallarini sifatini va raqobatbardoshligini baholash;
qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash;
qurilish materiallari bozorida raqamli marketingdan foydalanishning elektron platformalar samaradorligini oshirish;
Namangan qurilish materallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish;
qurilish materiallari bozorini prognozlash modelini ishlab chiqish;
Tadqiqotning obyektisifatida, Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va qurilish ishlarini amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyati tanlangan.
Tadqiqotning predmeti bo’lib, qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish jarayonidagi iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari.Tadqiqotda statistik tahlil, kabinet va dala tadqiqot usullari, ekonometrik modellar, mantiqiy tahlil, ekspert baholash boshqa usullardan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test laboratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion - texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «NAMANGAN QURILISH MATERIALLARI VA XIZMATLARI» klasteri modeli ishlab chiqilgan;
qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
egri chiziqli matematik modellardan foydalanish asosida Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2026 yilgacha prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.