Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/16
tarix26.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#198197
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Z.Usubjonov Avtoreferat 13 .12.2023

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test loboratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan magistratura talabalari va tadbirkorlar uchun mo’ljallangan «B2B marketing» nomli o’quv qo’llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublkasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug’iga asosan «B2B marketing» nomli o’quv qo’llanma nashr etildi va o’quv jarayoniga joriy etildi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, magistratura talabalarining qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlari bo’yicha yanada kengroq nazariy –uslubiy bilim va ko’nikmalar xosil qilish imkoni yaratilgan;
viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion–texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasteri modeli O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi amaliyotiga joriy qilindi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijada, viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, qurilish ishlari amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyatiga ijobiy tas’ir ko’rsatishga erishilgan. Namangan qurilish materiallari sanoatini klaster strategiyasi asosida rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirish taklifi O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy qilindi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, 2023 yilning 5 oyi davomida Namangan viloyatidagi «Quruvchi» XK da mahsulotlar sotuv hajmi 30 foizga oshdi va mijozlar soni 15 foizga ko’paydi, «Aktash global trade» XK da qurilish materiallari sotib olish harajatlari 35 foizga kamaydi va korxonada qurilish ishlari tannarxi pasayishiga imkoniyat yaratilgan;
egri chiziqli matematik modellardan foydalanish asosida Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2026 yilgacha bo’lgan prognoz ko’rsatkichlari O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi amaliyotga joriy etildi (O’zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijada, keyingi besh yilda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorining rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. 2022-2026-yillarda Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakan savdo aylanmasi va qurilish ishlari hajmi 2,3 barobarga, aholi soni 1,1 barobarga, aholi jon boshiga umumiy daromadlar to’g’ri kelishi 1,5 barobarga o’sishi taʼminlanadi.2022-2026 yillarda Namangan viloyati qurilish materiallari bozorini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarning ko’rsatkichlari o’sib borishi kutilmoqda. Mazkur prognoz ko’rsatkichlaridan Namangan viloyati qurilish materiallari sanoati, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi, qurilish ishlari va aholining uy-joy bilan ta’minlanishiga qaratilgan strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin