Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/16
tarix26.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#198197
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Z.Usubjonov Avtoreferat 13 .12.2023

G.Q.Abdurahmanova
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash
raisi, i.f.d. , professor


O.Dj.Djurabayev
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash
kotibi, i.f.n. , dotsent


R.X.Karlibayeva
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash
qoshidagi Ilmiy seminar raisi,
i.f.d. , professor
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahondagi globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sotish salohiyatiga bevosita ta’sir ko’rsatib, ularning bozorlari zamonaviy marketing konsepsiyalari asosida rivojlanmoqda.Hozirgi kunda, jahonda eng muhim o’ntalikka kiritilgan ijtimoiy muammolardan biri, bu aholining uy joy bilan ta’minlanishi hisoblanadi. Mamlakatimizda aholining uy-joy bilan ta’minlanishi xar bir nafar kishiga 16.6 kv.m1 bo’lib, mazkur ko’rsatkich : Germaniyada - 39 kv.m, Rossiyada 25.8 kv.m, Polshada 25 kv.m, Turkiyada 17 kv.m va AQShda - 70 kv.m”2ga, to’g’ri kelmoqda.
Jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat muhitiga moslashish, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni, sotish va xizmat ko’rsatish jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar keng qamrovli olib borilmoqda, natijada qurilish materiallari sanoati raqamlashmoqda, savdo va xizmatlar elektron tizimi yaratilmoqda. Sohaga sun’iy intellekt tizimini yaratish va joriy etish muammolari tadqiq etilmoqda. Qurilish materiallari sanoatini, savdosini va xizmatlarini jadal sur’atlarda rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ayniqsa, keyingi yillarda ishlab chiqilib, amaliyotda bajarilmoqda: sohada faoliyat yuritayotgan sanoat, qurilish, savdo va xizmat ko’rsatish korxonalar faoliyatini modernizatsiya qilish, ilm-fan yutuqlarini joriy etishga davlat tomonidan imtiyozlar berish, soliq yukini kamaytirish, eksport va import ishlari xarajatlarini bir qismini qoplab berish, kadrlar-mutaxassislarga bo’lgan talablarini to’laroq qondirish va boshqalarga sohada e’tibor kuchaymoqda.
Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo’yicha barqaror o’sish suratlarini ta’minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o’zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqori qo’shilgan qiymatli qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, shuningdek, ixtisoslashgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, talab etilayotgan sifatli mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish, ichki bozorni import o’rnini bosuvchi va raqobatbardosh qurilish materiallari hamda mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to’ldirish, shuningdek, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. «O’zbekiston-2030» strategiyasida «Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko’paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish. Hududlarda 1 million xonadonli uy-joylar qurish…»3;O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli «2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi farmonida mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga ko’paytirish va 5 mlrd AQSh dollarlik loyihalarini amalga oshirish orqali qurilish materiallari sohasini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifalari belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9-iyuldagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar» to’g’risidagi PF-6244 sonli farmoni, 2021 yil 31-avgustdagi «Qurilish materiallari sanoatini qo’llab-quvvatlash chora-tabdirlari to’g’risida» PQ-5239 sonli qarori, 2019 yil 20 fevraldagi PQ-4198-sonli «Qurilish materiallari sanoatini tubdan-takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”qarori, 2019 yil 23 maydagi № PQ-4335-sonli «Qurilish materiallari sanoatini tubdan-takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qarorlari va mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishiga bog’liqligi. Dissertatsiya ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I.«Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy, axloqiy hamda madaniy-ma’rifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo’nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Qurilish materiallari bozori muammolarining metodologik-nazariy asoslari jahondagi yetuk olimlar F.Kotler, M.Porter, E.Chemberlin, F.Sherer, D.Morris4 va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Qurilish materiallari savdosida marketingning turli jihatlari va savdo san’ati masalalari, Yevropada biznes qilish usullari, yirik savdo komplekslari faoliyati T.Ber, A.Norton, X.Silva, E.Bernd va V.Xoyer5lar tadqiq etishgan. Qurilish materiallari savdo komplekslariga xaridorlarni jalb etish, yirik savdo kompaniyalarining yutuqqa erishish va pasayish omillarini xorijiy olimlar P.Anderxin, V.Danenburg, D. Kolinz, R.Monkrif6 tomonidan o’rganilgan.
Rossiya va boshqa MDH olimlaridan U.Izard, A.M.Lavrov, N.N.Nekrasov, A.S.Novoselov7 tomonidan mintaqaviy qurilish materiallari bozorini rivojlanish masalalari tadqiq etilgan. Zamonaviy qurilish materiallari savdo komplekslarini tashkil etish va rivojlantirish, boshqarish masalalari, ulgurji va chakana savdo asoslari O.Aborneva, A.Belkovskiy, D.Vladislavlev, V.Vertogradov va S.Mazin M.Levi, B.Veyts 8 tomonidan o’rganilgan.
O’zbekistonlik olimlardan A.Sh.Bekmurodov, A.Soliyev, Sh.Dj.Ergashxodjayeva, T.A.Akramov, M.A.Ikramov, M.A.Yusupov, A.D.Sultonov, A.Metyakubov, D.Matrizayeva9 tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. A.D.Sultonov tomonidan qurilish materiallari ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi vositachi korxonalarning marketing faoliyati samaradorligini oshirish mexanizmlari tadqiq etilgan.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin