Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti



Yüklə 225,91 Kb.
səhifə5/7
tarix08.04.2023
ölçüsü225,91 Kb.
#95008
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi jahon

Ko’mir

mlrd t

14800

1200

Neft

mlrd t

400

150

Tabiiy gaz

Trln m.kub

320

185

Temir rudasi

mlrd t

400

1500

Hozirda gazning zaxirasi 150,2 trln m3. Gaz qazib chiqarishda Rossiya 584 mlrd3, AQSH 569mlrd m3, Kanada 200 mlrd3, Buyuk Britaniya 117 mlrd m3. Gaz zaxirasi bo’yicha 1- o’rinda turadi (dunyo zahirasini 32%). Umumiy o’zlashtirilga gaz zahirasi (46,9 trln m 3) Chuqurligi 1,5 km joyda 23 trln m 3 (49,1%), interval chuqurlikda 1,5- 3,0 km 16,3 trln m3 (34,7%) chuqurligi 3km ortiq -7,6 trln m3 (16,2 %). Joylashuviga ko’ra gaz zahiralari metanli (quruq) gaz 61,0 %, etansoli (3 % ko’proq) 30,3 %, vodorodligaz 8,7% dir. Asosiy gaz zahiralari Shimol, Shimoli Kavkaz, Povoljskom, Ural, G’arbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Uzoqsharq iqtisodiy rayonida joylashgan


Nihoyat uchinchidan, insoniyatning “ishtahasi” to`xtovsiz oshib boradi. Sizga ma`lumki, yer po`stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik qonuniyatlarga bo`ysunadi. Yoqilg`i foydali qazilmalari kelib chiqishiga ko`ra cho`kindi bo`lib qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda ichki va chekkadagi bukilma botiqlarga joylshgan bo`ladi. Yer kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko`mir xavzalari va konlar bo`lib, ular birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini tashkil etadi. Bir xil geologik yoshga ega bo`lgan ko`mir xavzalari ko`pincha minglab km ga cho`zilib ketgan ko`mirli mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko`mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada bo`lib, o`nta yirik havzaga to`langan.Yer yuzida ko`mir zahirasi neft zahiralariga qaraganda ancha ko`p. Bu zahiralar 15-16 trln. tonnaga mo`ljallangan.
Ko`mir zahiralari va uni qazib chiqarish jihatdan rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi. Qazib chiqarilayotgan ko`mirning deyarli 90 foizi yana shu mamlakatlarga to`g`ri keladi. Lekin ko`mir qazib chiqarishda bu mamlakatlar keyingi yillarda rivojlanishga erishgani yo`q (AQSH, Angliya, Germaniya, Fra nsiya ). Urushdan keyingi yillarda ko`mir qazib chiqarish geografiyasi o`zgardi.Toshko`mirning eng ko`p miqdori MDH va XXR, Polpsha, qo`ng`ir ko`mir esa Germaniyada va MDH da qazib chiqarilmoqda.
Olti yuzdan ortiq neft gazli xavzalar o`rganilgan. Ulardan 450 sida neft gaz
qazib olinadi. Konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy zaxiralari Shimoliy yarim sharda bo`lib, mezozoy yotqiziqlari orasida joylas hgan. Neft gaz zahiralarning asosiy qismi uncha ko`p bo`lmagan eng yirik havzalarda to`plangan. Neftning butun jahondagi zaxirasi 300-400 mlrd t. deb belgilangan. Tekshirilgan zahirasi 60-70 mlrd t. Ayniqsa, Rossiyada Yaqin va O`rta Sharqda joylashgan. Dunyo neft qazib chiqarish sanoatining joylashuviga xos xususiyatlari shundan iboratki, butun qazib olinayotgan neftning deyarli asosiy qismi shu mamlakatlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlardan faqat ASH va Kanadadagidan ko`p miqdorda neft qazib chiqariladi. G`arbiy Yefropa vaYaponiya neftni import qilishga ayniqsa qaram. Bu mamlakatlar o`zlarida qazib chiqarilayotgan neft bilan o`z ehtiyojlarini o`zida oz qisminigina qondira oladi. Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari qazib chiqarilayotgan neftni G`rbiy Yevropaga eksport qiladi. Rivojlangan mamlakatlar neft sanoatida Amerikaning “standart oil” va Angliya Gollandiyaning “Royyal datch-Shell” kabi yirik monopoliyalari hukmronlik qilmoqda. Amerika monopoliyalari dunyoda qazib chiqarilayotgan neftni deyarli 65 foizini nazorat qiladi.
Gaz sanoati ikkinichi jahon urushiga qadar faqat AQSHda rivojlagan edi. Keyingi vaqtlarda u MDH, Ruminiya, Kanada, Fransiya, Italiya , Niderlandiyada jadal o`smoqda. Katta-katta gaz boyliklariga ega bo`lgan rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda gazdan deyarli foydalanilmaydi. Faqat keyingi yillardagina neft monopliyalari shimoliy Afrika hamda Yaqin va O`rta Sharqning gaz resurslariga qiziqib qoldilar. Maxsus kemalar hozirgi kunda suyiltirilgan gazni Jazoirdan
G`arbiy Yevropaga yetkazib bermoqdalar.Rudali foydali qazilmalar qadimgi platformalarning zaminida va ularning yer yuziga chiqqan qismlarida, shuningdek, burmalangan o`lkalarda joylashgan. Rudali foydali qazilmalar ko`pincha juda katta rudali mintaqalarni hosil iladi va ular hosil bo`lishiga ko`ra yer po`stining chuqur yoriqlariga bog`liq. Bunday mintaqalar hududi tog`-kon sanoati uchun xom-shyo bazasi bo`ladi va ayrim o`lkalar va hatto butun mamlakatlarni xo`jalik ixtisosini belgilaydi. Hozirgi paytda foydali qazilmalarni qidirish ikki yo`nalishda ham chuqurga, ham eniga tomon olib borilmoqda. Chuqurga tomon yo`nalish yer po`stini yuza qavatlaridagi ko`pchilik konlar qazib olib bo`lingan xorijiy Yevropa, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, AQSH uchun xosdir. Bunday konlarda qazilmalarning qazib olishning tog` geologik sharoiti yomonlashyapti, konlar chuqurlashib boryapti.Eniga tomon yo`nalish Rossiyaning Osiyo qismida, Kanada, Avstraliya, Braziliyanda keng tarqalgan. Bu joylarda konlarni qazib olish nisbatan yaqinda boshlangan.
G`arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko`pgina mamlakatlarida temir
rudalarining katta zahiralari bor. Rangdor metallurgiya sanoati va qazib olish mustamlakachilik davrida rivoj topgan edi.Rudali foydali qazilmalar platformalar zaminida va qalqonlarida ko`p uchraydi. Alp-Ximolay-Tinch okean halqasida bu resurslar ko`pchilikni tashkil qiladi. Temir rudasi Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston, alyuminiy Fransiya,Italiya Hindiston, Surinam, G`arbiy Afrika mamlakatlarida, mis rudasi Zambiya, Zoir, Chili, AQSH, Karib havzasi mamlakatlarida, Kanada va Avstraliyada to`plangandir. Kimyoviy xom-ashyolardan oltingugurt, fosfat, kaliy tuzi, qurilish xos ashyolaridan marmar, o`tga chidamli tosh, mergal, grafit, muhim ahamiyatga ega.Mineral resurslarni tugab qolishini oldini olish uchun bugungi kunda bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Ulardan:
1. Qazib olishda kompleks o`zlashtirish.
2. Mineral resurslarni ikkilamchi marta ishlatish kabilarni ahamiyati katta

Yüklə 225,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin