1.Jahon xo’jaligining tabiiy resurslari va ularning tasnifi
“Tabiiy ressurslar“ tushunchasi tabiatning inson faoliyati bilan bevosita aloqasini ifodalaydi. Tabiiy ressurslar kishilar bevosita tabiatdan oladigan hayotiy va mehnat faoliyatining turli xil vositalaridir. Shu sababli tabiiy resurslarga tabiatning ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish jabhalarida iste’mol qilinadigan moddiy jismlari va kuchlari mansub.Tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun shunday vositalarki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir etadi. Shuningdek, tabiiy resurslar va tabiiy sharoitlar har qanday hudud boyliklarining asosiy turlaridan biri, uning iqtisodiy rivojlanishining eng muhim omilidir. Shu sababli tabiiy resurslar - ham tabiat jisimlarini, ham iqtisodiy kategoriyani tashkil etadi.
Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar, yuqorida ta’kidlanganidek, jamiyat hayoti tabiiy omillarining bir–biri bilan bog‘liq bo‘lgan jihatidir. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar bir–biridan tabiiy moddalarining fizikaviy va kimyoviy tarkibi bilan emas, balki jamiyat o‘zaro aloqalarning sajiyasi bilan farq qiladi. Ayrim komponentlar (masalan, foydali qazilmalar) jamiyat uchun faqat resurs bo‘lishi, boshqalari esa (yer resurslari hayotiy makon, maydon sifatida) sharoit bo‘lishi, ayrim komponentlar (masalan, yer, o‘rmon va b.) esa resurs ham, sharoit ham bo‘lishi mumkin. Jamiyat va tabiyatning o‘zaro ta’sirida tabiat unsurlarining katta qismi resurslar kategoriyasiga o‘tish tendentiyasi ko‘zatilmoqda (masalan, Quyosh
energiyasi va b.).
Umuman, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar orasida keskin “chegara” yo‘q. Shu sababli tabiat unsurlarini ikki guruhga – tabiiy sharoit va tabiiy resurslarga ajratish ma’lum darajada shartlidir. Horijiy adabiyotlarda tabiiy sharoit va tabiiy resurslar alohida guruhlar sifatida emas, balki yagona, bir butun tushuncha sifatida
qaraladi. Tabiiy resurlarning tabiiy - ekologik va iqtisodiy tasnifi. Tabiiy resuslarni tasnif qilish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Chunki bunday tasnif tabiiy resurslar zahiralarning miqyosini, foydalanish imkoniyatlarini va ko`larni muhofaza qilishning zaruruiy tadbirlarining majmuasini baholash imkonini beradi.Tabiiy resurslar ham tabiiy, ham iqtisodiy kategoriyaga mansub bo‘lgaqnligi tufayli ularni tasniflashda qanday maqsadda amalga oshirilayotganligi e’tiborga olinishi lozim. Demak, tabiiy resurslarni tasniflashda turli asoslar va usullar qo‘llanilishi lozim.
Tabiiy resurslar geografik qobiqning komponentlari, tabiat jismlari bo‘lganligi tufayli ularni tabiat hodisalariga mansublik belgisiga ko‘ra tasnif qilinish mumkin. Resurslarning bunday tabiiy tasnifi umumiy va maxsus adabiyotlarda keng qo‘llaniladi.
Tabiiy resurslar ularning tabiat (landshaft) komponentlariga bog‘likligiga ko‘ra ham tasnif qilinishi mumkin. Geografik qobiqni tashkil etuvchi atmofera, gidrosfera, litosfera va biosferaning xususiyatlari ularning har biri uchun xos bo‘lgan resurslarni vujudga keltiradi. Shu nuqtai-nazardan quyidagi resurslar guruhlari ajratiladi:
1) atmosfera (havo yoki iqlim) resurslari;
2) gidrosfera (suv) resurslari;
3) litosefra (mineral va yer (tuproq)) resurslari;
4) biosfera (o‘simlik va hayvonot dunyosi) resurslari (1-jadval).
Atrof tabiiy muhitni va uning tabiiy resurslarini muhofaza qilish muammolari bilan bog‘liq holda ulardan foydalanish jarayonida tugab qolishi va tiklanishi darajasiga ko‘ra tas niflash ekologik tasnif deb nom olgan. Tabiiy zahiralarining miqdor ko‘rsatkichlariga hamda xo‘jalikda foydalanish saviyasiga bog‘liq holda tabiiy resurslar tugaydigan va tugamaydigan tabiiy resurslarga, tugaydigan tabiiy resurslar esa o‘z navbatida tabiiy xossalariga ko‘ra tiklanadigan va tiklanmaydigan turlar ga ajratiladi.
Tugamaydigan resurslar (Quyosh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz suvlari qalqishning energiyasi va b.) amalda cheklanmagan bo‘lib, tashqaridan to‘xtovsiz to‘ldirilib turiladigan va inson tomonidan qayta tiklashni talab qilmaydigan resurslardir.Suv va atmosfera havosi ham tabiiy jismlar sifatida tugamaydigan resurslardir. Ammo inson faoliyati ta’siri tufayli ularning sifat jihatidan yomonlashuviga yo‘l qo‘uymasligi lozim. Tiklanmaydigan tabiiy resurslarni asosan mineral resurslar hosil qiladi.
Mineral resurslar hosil bo‘lishiga ko‘ra ikki xil sajiyaga ega: mineral resurslarning ayrim turlari paleogeografik o‘tmishdagi landshaftlar bilan, qolganlari esa landshaftlarga nisbatan tashqi geologik omillar(paydo bo‘lishiga ko‘ra magmatik va boshqa ma’danlar) bilan bog‘liq. Tugaydigan va tiklanmaydigan mineral resurslarga batamom tiklanmaydigan (neft, ko`mir va mineral resurslarning boshqa ko‘pgina turlari) va tiklanish darajasi foydalanishga nisbatan bir necha yuz ming marta sekin sodir bo‘ladigan (torf, cho‘kindi jinslar bilan bog‘liq bo‘lgan foydali qazilmalar) kiradi. Mineral resurslarning tiklanmasligi hamma paytda ham mutlaq emas. Ularning katta qismi geologik sikllar davomida tiklanishi mumkin, ammo geologik sikllar davrini jamiyat rivojlanishining bosqichlari va mineral resurslarning sarflanish sur’atlari bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
Mineral resurslarning tiklanmaslik xususiyatlari ulardan foydalanishda o‘ta tejamkorlikni, ularning yangi zahiralarini qidirib topishni, tanqis resurslarni boshqa
resurslar bilan almashtirishni taqazo etadi. Mineral resurslardan oqilona foydalanish uchun qazib olingan madanlardan ko‘proq mahsulot olishga erishish, qazib olishda, tashishda va qayta ishlashda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, kam chiqindili yoki chiqindisiz texnologiyani joriy etish lozim. Lekin hozirgi sharoitlarda tiklanmaydigan resurslardan foydalanishda juda katta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda. Texnologik jarayonlarning takomillashmaganligi sababli ma’danlarning katta qismi chiqindi sifatida tashlab yuboriladi va atrof muhitni iflolovchi manbalarga aylanadi.
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarning o‘ziga xos guruhini tabiat fenomenlari (yun. faynomenon - noyob, noodatiy hodisa ) tashkil etadi. Ular P.Poyint (1973) tomonidan resurslarning alohida turi sifatida ajratilgan. Fenomen resurslar estetik, rekreatsiya va ilmiy qiymatga ega bo‘lgan va almashtirib bo‘lmaydigan resurslardir. Masalan, tabiat yodgorliklari fenomen resurslarga mansub bo‘lib, ularni tiklashni texnikaviy imkoniyatlari batamom yo‘q.
Tiklanadigan tabiiy resurslarga tuproqlar, o‘simliklar, hayvonlar va ayrim mineral resurslar (tuz, torf) kiradi. Tabiiy resurslarning bu turlari tabiiy jarayonlarda qayta tiklanishi mumkin. Ma’lum bir sharoitlarda muhofaza qilinganda va qayta tiklashga doir tadbirlar qo‘llanilganda ular o‘zlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini turg‘un holatda saqlab turishi mumkin, ammo ulardan isrofgarchilik bilan foydala nilsa, hayvonlar va o‘simliklarning turlari yo‘qolib ketsa, ularni tiklash imkoniyati bo‘lmaydi yoki tiklash uchun juda uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Masalan, tuproqlarga ishlov berishda noto‘g‘ri usullardan foydalanilsa, ular eroziyaga (lot. erosio yemirish) uchraydi va bu jarayon tufayli tuproq qoplami batamom nobud qilinishi mumkin. Xuddi shuningdek, biologik sistemalardan o‘ta ayovsiz foydalanilganda ham tabiiy tiklanish uchun sharoitlar o‘zgaradi va ular amalda tiklanmaydigan resurslarga aylanadi. Tarixiy davr mobaynida ko‘plab hayvon turlari batamom qirib yuborildi va ularni tiklashni endilikda iloji yo‘q. Shuningdek, noto‘g‘ri ishlov berilganda tuproqlar eroziyaga juchraydi va pirovardida tuproq qoplami nes-nobud bo‘ladi. 1,5 sm qalinlikdagi tuproq qoplamini hosil qilish uchun tabiat 100 - 150 yil tinimsiz “mehnat” qiladi, insonning tabiat imkoniyatlaridan noto‘g‘ri foydalanishi oqibatida esa faqat bir mavsumda bir necha o‘n santimetr qalinlikdagi tuproq qatlami yo‘qotilishi mumkin.
Tiklanadigan resurslardan oqilona foydalanish uchun dastavval ularning uzluksiz tiklanib turish imkoniyatlarini ta’minlash lozim. Tiklanadigan resurslarni asrash uchun ulardan xo‘jalik tarmoqlarida foydalanishni rejalashtirish, ularning yangi turlaridan foydalanish hamda tabiiy tiklanish imkoniyatlarini oshirish zarur (daraxtzorlar barpo etish, yaylovlarning mahsuldorligini oshirish, suv havzalarida baliqlarni urchitish va ko‘paytirish va b.).“Yer resurslari” tushunchasi turli mazmunda qo‘llaniladi: ba’zan tuproq resurslari, ba’zan ekinzorlarning turli xillari ham yer resurslari sifatida qaraladi.
A.G. Isachenkoning (1992) fikricha, yer resurslari Yer yuzasi yoki hududiy
resurlar sifatida qaralmog‘i lozim. Chunki tiklanmaydigan xossalarga ega bo‘lgan
Yer yuzasi yoki hudud ishlab chiqarish jarayoniga bevosita jalb qilinmaydi va shu
sababli tabiiy resurslar tushunchasining qoidasiga to‘g‘ri kelmaydi, ammo ishlab
chiqarishning hududiy yoki tayanch asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, suv, havo va Koinot resurslari tabiiy jisimlar sifatida tugamaydigan resurslarni hosil qiladi. Ammo ular ham inson faoliyatining
ta’sirida sifat jihatidan yomonlashuvi (ifloslanishi) va foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lib resurslarning unsurlarini tashkil etadi. Ba’zi bir adabiyotlarda “dengiz qalqishining energiya resurslari» degan ifodani o‘qish mumkin. Lekin bu hodisa energiya olish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ammo energiya resurslari bo‘la olmaydi, chunki energiya dengiz suvlarining muayyan xususiyatlariga bog‘liq holda vujudga keltiriladi. Energiyani, xuddi shuningdek, mineral va havo resurslaridan foydalangan holda ham vujudga keltirish mumkin. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida energiya yoqilg‘i mineral resurslaridan, shamol elektr stansiyalarida havoning harakati tufayli paydo bo‘ladigan shamoldan, atom elektr stansiualarida esa radioaktiv mineral resurslardan olinadi. Ob-havoning ko‘p yillik rejimining xususiyatlarini ifodalaydigan turli xil iqlimlar esa iqlim resurslari emas, chunki ulardan bevosita ham, bilvosita ham foydalanib bo‘lmaydi. Shu sababli ularni inson faoliyatining biror-bir turiga yoki turlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy sharoitlar sifatida qarash mumkin. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, resurslarning har bir guruhi (turi) alohida sistemani hos il qiladi va o‘z navbatida kichikroq sistemalarga ajratiladi. Masalan, suv resurslari sistemasida chuchuk suv
resurslari, yer osti suv resurslari, dengizlarning suv resurslari va resurslarning shularga o‘xshash kichik sistemalarini ajratish mumkin.
Tabiiy resurslarni iqtisodiy kategoriya sifatida tasniflash ulardan asosan inson faoliyatida foydalanishning yo‘nalishlari bilan belgilanadi. Bunday hollarda tabiiy resurslarning ikki assosiy guruhi ajratilishi mumkin:
1). Kishilarning yashashi va ularni ta kror barpo qilishning bevosita
manbalari;
2). Moddiy ishlab chiqarish vositalarining manbalari, uning rivojlanishining
eng muhim omillari.
Birinchi guruhda inson uchun hayotiy zarur bo‘lgan resurslar (havo, suv va b.) va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muljallangan (rekreatsiya, sog‘lomlashtirish va estetik) resurslar ajratiladi. Tabiiy resurslarning ikkinchi guruhi ham o‘z navbatida ikki kichik guruhga bo‘linadi:
a) moddiy ishlab chiqarishda bevosita iste’mol qilinadigan resurslar (xom ashyo, energiya, materiallar);
b) foydalaniladigan, ammo tabiiy muhitdan ajratib olinmaydigan resurslar (masalan, daryo transporti uchun foydalaniladigan suv resurslari).
Tabiiy resurslarning moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlarida va noishlab chiqarish jabhasida bevosita foydalanilishiga ko‘ra ikkita katta sinfga ajratish lozim:
A. Moddiy ishlab chiqarish resurslari:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish resurslari.
B. Noishlab chiqarish jabhasi resurslari:
Tabiiy resurslarni o‘rganishga doir adabiyotlarda «rekreatsiya resurslari», «energiya resurslari» tushunchalari keng tarqalgan. Bizning nazarimizda tabiiy resurslarning tabiat komponentlariga bog‘liqlik xususiyatlari e’tiborga olingan tasnifida bunday resurs turlarini ajratish mumkin emas. Chunki havo, suv, mineral
xom ashyo, yer va biologik resurslarning har biri rekreatsiyada foydalanishi yoki energiya manbai bo‘lishi mumkin. Masalan, mineral suvlar, tog‘ havosi, g‘orlar, keksa daraxtlar rekreatsiya ob’yektlari sifatida foydalanishi mumkin. Ammo, resurslik xususiyatlariga ko‘ra suv, havo, o‘simlik resurslarning unsurlarini tashkil
etadi. Ba’zi bir adabiyotlarda “dengiz qalqishining energiya resurslari» degan ifodani o‘qish mumkin. Lekin bu hodisa energiya olish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ammo energiya resurslari bo‘la olmaydi, chunki energiya dengiz suvlarining muayyan xususiyatlariga bog‘liq holda vujudga keltiriladi. Energiyani, xuddi shuningdek, mineral va havo resurslaridan foydalangan holda ham vujudga keltirish mumkin. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida energiya yoqilg‘i mineral resurslaridan, shamol elektr stansiyalarida havoning harakati tufayli paydo bo‘ladigan shamoldan, atom elektr stansiualarida esa radioaktiv mineral resurslardan olinadi. Ob-havoning ko‘p yillik rejimining xususiyatlarini ifodalaydigan turli xil iqlimlar esa iqlim resurslari emas, chunki ulardan bevosita ham, bilvosita ham foydalanib bo‘lmaydi. Shu sababli ularni inson faoliyatining biror-bir turiga yoki turlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy sharoitlar sifatida qarash mumkin. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, resurslarning har bir guruhi (turi) alohida sistemani hosil qiladi va o‘z navbatida kichikroq sistemalarga ajratiladi. Masalan, suv resurslari sistemasida chuchuk suv resurslari, yer osti suv resurslari, dengizlarning suv resurslari va resurslarning shularga o‘xshash kichik sistemalarini
ajratish mumkin.
Tabiiy resurslarni iqtisodiy kategoriya sifatida tasniflash ulardan asosan inson faoliyatida foydalanishning yo‘nalishlari bilan belgilanadi. Bunday hollarda tabiiy resurslarning ikki assosiy guruhi ajratilishi mumkin:
1) kishilarning yashashi va ularni takror barpo qilishning bevosita manbalari;
2) moddiy ishlab chiqarish vositalarining manbalari, uning rivojlanishining eng muhim omillari.
Birinchi guruhda inson uchun hayotiy zarur bo‘lgan resurslar (havo, suv va b.) va ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muljallangan (rekreatsiya, sog‘lomlashtirish va estetik) resurslar ajratiladi. Tabiiy resurslarning ikkinchi guruhi ham o‘z navbatida ikki kichik guruhga bo‘linadi:
a) moddiy ishlab chiqarishda bevosita iste’mol qilinadigan resurslar (xom ashyo, energiya, materiallar);
b) foydalaniladigan, ammo tabiiy muhitdan ajratib olinmaydigan resurslar (masalan, daryo transporti uchun foydalaniladigan suv resurslari).
Tabiiy resurslarning moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlarida va noishlab chiqarish jabhasida bevosita foydalanilishiga ko‘ra ikkita katta sinfga ajratish lozim :
A. Moddiy ishlab chiqarish resurslari:
a) qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish resurslari.
B. Noishlab chiqarish jabhasi resurslari:
a) bevosita iste’mol qilinadigan resurslar;
b) bilvosita iste’mol qilinadigan resurslar.
Bu yerda resurslarning bevosita foydalanilishi to‘g‘risida so‘z borganda sanoat va qishloq xo‘jaligidagi ziroatchilikning va yovvoyi o‘sadigan foydali o‘simliklarni to‘plash bilan shug‘ullanadigan tarmoqlar guruhi tushuniladi. Sanoatga baliq ovlash va yog‘och tayyorlash, qishloq xo‘jaligiga esa ovchilik va foydali yovvoyi o‘sadigan o‘simliklarni to‘plash kiradi.
Resurs sikli – tabiat va jamiyat orasidagi modda almashinuvi bo‘lib, bu jarayon tabiatdan resurslarni olishni, ularni ishlab chiqarishga jalb qilishni va ulardan foydalangach o‘zgartirilgan holda atrof muhitga qaytarishni bildiradi.
Resurs sikllari tabiat manbalarining inson tomonidan foydalanishining barcha bosqichlarida (qidirib topish, foydalanishga tayyorlash, tabiiy muhitdan olish, qayta ishlash, is‘temol qilish va tabiatga qaytarish) sodir bo‘ladigan moddalar yoki ularning guruhalarining o‘zgarishi va harakatining majmuasi sifatida qaraladi. Resurs sikllari asosiy moddalar yoki ularning birikmalarining turlariga ko‘ra ajratiladi. Har bir sikl qo‘shimcha va birgalikda sodir bo‘ladigan kichik sikllardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu kichik sikllar asosiy resurslardan va foydalanishga jalb qilingan asosiy materiallardan (lot. materialis moddiy) har tomonlama foydalanish negizida rivojlanadi.
I.V.Komar (1968) tabiiy resurslarni ijtimoiy ishlab chiqarishda foydalanish jarayonida ularning shaklan o‘zgarish belgilariga ko‘ra tasnif qiladi. Bu tasnifda foydalaniladigan resurslarning tabiiy muhit bilan aloqasining sajiyasidagi, ishlab chiqarishga jalb qilinganligiga qadar tabiiy muhit bilan tabiiy o‘zaro ta’siridagi tafovvutiga e’tibor beriladi. Shu sosda I.V.Komar resurslarning quyidagi guruhlarini ajratadi:
a) ishlab chiqarish qurollarining moddiy negizi (substrati)ni tashkil etuvchi, tubdan o‘zgartirilgan, o‘zining tabiat bilan bo‘lgan tabiiy aloqalarini yo‘qotgan va boshqa sistemalar tarkibiga kiradigan resurslar;
b) mehnat predmetiga aylangan, ularning Yer bilan bevosita aloqasidan ajratib olingan resurlar (qazib olingan madanlar, kesilgan o‘rmon materiallari va
v) moddiy ishlab chiqarishga jalb qilingan, lekin tabiiy muhit bilan dastblabki aloqalarini saqlab qolayotgan resurslar (qishloq xo‘jalik yerlari, sun‘iy o‘rmonlar va asosiy resurslar sikllariga energiya resurslari va energiya, metal madanlari va metallar, nometal qazilma xom ashyo, o‘rmon resurslari va o‘rmon materiallari, tuproq resurslari, iqlim resurslari va qishloq xo‘jalik xom ashyosi, fauna va flora resurslarining sikllari mansubdir.
Tabiiy resurslarning asosiy guruhlari (mineral, o‘simlik, yer va boshqa resurslar) mustaqil sikllarni hosil qiladi. Ayrim resurslar sikllari jamiyat va tabiat orasidagi moddalar almashuvining bir qismi bo‘lib, umumzaminiy miqyosdagi (geologik, biologik va b.) aylanma harakatlarning ijtimoiy bo‘g‘inini tashkil etadi va to‘liq tugallanmaganligi sababli ko‘p sikllik (polisikllik) sajiyasiga ega.Resurslar silkllari bir-biri bilan mujassam aloqada bo‘lgan holda rivojlanadi, chunki tabiatning biror-bir moddasidan foydalanish odatda boshqa moddalardan foydalanish bilan bir paytda sodir bo‘ladi.
Tabiiy resurslardan xo‘jalikda foydalanish nuqtai–nazaridan har bir TRKda hozirgi paytda eng ko‘p va kattaroq qiymatga ega bo‘lgan bitta yoki ikkita resurs turini ajratish mumkin. Resurslarning bu ustivor turlari TRKning tiplarini belgilashda tasnifiy belgi bo‘lib xizmat qiladi. Resurslarning ustivor turlari yer jamg‘armasidan foydalanish tuzilmasiga ko‘ra belgilanadi.
Tiklanadigan resurslarning salohiyati ularning ayni bir paytdagi zaxirasining
kattaligi bilan emas, balki faqat har yili tiklanadigan qismining kattaligi bilan o‘lchanmog‘i lozim. Mavjud zaxiradan foydalanishni mo‘ljallash pirovardida resursning tugab qolishiga olib keladi.Yerdagi resurslarning tiklanish negizini tashkil etuvchi Quyosh nurlarining energiyasining o‘zi ham birlamchi tiklanadigan
resursdir. Bu energiyaning integral salohiyati yillik yalpi radiatsiya kattaligi bilan o‘lchanadi. Aniq amaliy maqsadlar uchun xususiy salohiyatlar ajratiladi. Masalan,
quyosh resurslarni elektr energiyasiga bevosita aylantirish imkoniyatlari nuqtai –nazaridan qaralganda to‘g‘ri radiatsiyaning yillik yig‘indisini hisobga olish muhim
bo‘ladi, yanada aniqroq hisoblar uchun esa, bundan tashqari, uning kunlik yo‘nalishi, yil davomida va yillar oralig‘ida o‘zgaruvchanlikni hisobga olish zarur.
Agroiqlimshunoslikda helioresurslarni baholash uchun shartli ko‘rsatkichlar –
muayyan chegaralardan yuqori bo‘lgan havo haroratlarining yig‘indisidan kengfoydalaniladi.
Suv - tiklanadigan tabiiy resurslar orasida ikkilamchi resurslar hisoblanadi. Namning aylanishi va chuchuk suvlar resurslarining doimiy tiklanishi ham geografik qobiqdagi Quyosh nur energiyasining oqibatidir. Chuchuk suvlar resurslarini tavsiflash uchun turli ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Ammo ko‘pgina
hollarda asosiy mezon sifatida daryo oqimining hajmi qabul qilinadi. A.G. Isachenkoning (1992) fikricha, suv resursl uchun ularning butun tiklanadigan qismini (ya’ni yog‘inlarning yillik miqdorini) suv salohiyatini o‘lchovi sifatida qarash to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki iqtisodiy hisoblarda e’tiborga olinmaydigan, qishloq xo‘jalik ekinlaridan hosil olish uchun bevosita foydalaniladigan atmosfera yog‘inlarining bir qismi hajmiga ko‘ra daryo va suv havzalaridan olinadigan suv miqdoridan kam bo‘lmaydi. Atmosfera yog‘inlari, shuningdek, yer osti suvlarining resurslarini to‘ldirishga ham ketadi. Shu sababli to‘liq yoki faqat turg‘un daryo oqimining hajmini suv resurslarining salohiyatini o‘lchovi, deb qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Muayyan ishlab chiqarish ehtiyojlari (hidroenergetika, markazlashtirilgan suv ta’minoti va b.) uchun resurslarning xususiy ko‘rsatkichlari
yaroqli bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar suvdan foydalanish me’yorlarini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi, ammo suv resurslarining integral tavsifi bo‘la olmaydi.
Tabiiy resurslar tiklanishining uchinchi “sathi”ni biota tashkil etadi. Biotaning tiklanishi esa issiqlik va nam resurslarining nisbati bilan bog‘liq. Biologik resurslar salohiyatining integral o‘lchovi bo‘lib yillik birlamchi biologik mahsulot xizmat qiladi. Biologik resurslar o‘z navbatida murakkab tuzilmasi bilan
farq qiladi. Yog‘och resurslari ham, dorivor o‘simliklar xom ashyosi ham, mo‘yna
beradigan hayvonlar va boshqalar muhim amaliy ahamiyatga ega. Har bir landshaftda foydalanish imkoniyatlarini belgilaydigan tiklanishning yuqori chegaralari mavjud. hozirgi balansi yetarlicha o‘rganilmagan. Ammo shu narsa ayonki, atmosfera kislorodining fotosintez jarayoni hisobiga to‘lidirib borishi uzlukzsiz qisqarib bormoqda, texnogen foydalanish va birikish esa ortib bormoqda.
Bu misollar resurslarning tiklanuvchanligi ularning tugamasligining kafolati bo‘lolmasligini ko‘rsatadi. Har qanday biologik resursning tugashi esa tiklanish imkoniyatlarining barham topishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, biologik aylanma harakatga antropogen aralashuv biologik resurslarni tabiiy tiklanish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli real biologik resurslar xo‘jalikda o‘zlashtirilishi tufayli ponetsial biologik resurslardan kam bo‘ladi.
Tabiiy resurslarning tiklanadigan guruhini ulardan foydalanish jarayonida o‘rni to‘lib boradigan, qayta tiklana oladigan resurslar hosil qiladi. Bu guruhga mansub bo‘lgan resurslar, shuningdek, maxsus tadbirlar o‘tkazilganda qayta tiklanishi mumkin. Tiklanadigan resurslar qulay ekologik sharoitlarda o‘zlari qayta
tiklandi va ko‘payadi hamda ularga yetkazilgan zararni qoplash imkoniyatiga ega.
Belgilangan me’yor resursning qayta tiklanishi uchun zarur bo‘lgan kichik qismini saqlab qolishni ta’minlay olishi kerak. Masalan, ovlanadigan hayvonlarning zaxiralarini to‘ldirib borish va qayta tiklash uchun ularning populyasiyasidagi ma’lum miqdorini saqlab qolish zarur. Tabiiy resurslarni qayta tiklash sharoitlarini e’tiborga oladigan ilmiy jihatdan belgilangan me’yorga mos holda ulardan foydalanish miqdori va sur’ati rejalashtirilishi lozim. Bunday holda rejalashtirish tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etishda muhim iqtisodiy-ekologik tadbir bo‘ladi. Ilmiy asoslangan me’yorlarga amal qilish tiklanadigan tabiiy resurslardan foydalanishni rejalashtirish – ularni muhofaza qilishning eng muhim shartidir. Tabiatni maqsadli ravishda o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan maxsus tadbirlarni tashkil etishda ham tiklanadigan resurslarning kengaytirilgan qayta tiklanishi ta’minlanishi mumkin.
Tiklanmaydigan tabiiy reusrlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tamoyillari o‘ziga xos. Masalan, foydali qazilmalar konlaridan oqilona foydalanishning eng muhim vazifalardan biri ulardan imkoni boricha to‘liq tugallanganiga qadar foydalanishni tashkil etishdir. Hozirgi texnologik sharoitlarda
foydali qazilmalar konlardan to‘liq qazib olinmaydi. Masalan, neftning 60 – 70%
iga qadar Yer bag‘irlarida qolib ketadi. Tabiiy gazni qazib olish koeffisiyenti esa 80 – 85% dan oshmaydi. Yer bag‘irlarida qora metall ma’danlari zaxiralarining 25% i, rangli metal ma’danlari zaxiralarining esa 20% i qolib ketadi. Foydali qazilmalarni qazib olishda qo‘llaniladigan texnologiyadagi kamchiliklar katta miqdordagi xom ashyoning yo‘qotilishiga, foydali qazilmani qazib olish nihoyasiga yetkazilmagan konlarni tashlab ketish va muddatidan avval yangi konlarni o‘zlashtirishga kirishishga sabab bo‘ladi. Shu tufayli o‘rni to‘lmaydigan, tiklanmaydigan xom ashyo zaxiralaridan oqilona foydalanish ularni Yer bag‘irlaridan imkoni boricha to‘liqroq qazib olishga qaratilgan usullarni takomillashtirishni taqoza etadi.
Tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish tizimida mineral xom ashyodan majmuali foydalanishni tashkil etish vaz ifalari ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, foydali qazilmalarning katta qismi minerallar va murakkab kimyoviy birikmalarning majmuasidan iborat. Masalan, temir ma’danlari konlarida vanadiy, kobalt, mis, rux, oltingugurt, fosfor va boshqa unsurlar mavjud. Rangli metallarning ma’danlarida esa 10 – 12 ta asosiy metallar bilan birgalikda 60 dan ziyod qimmatbaho unsurlar bo‘ladi (oltin, kumush, kobalt, reniy, indiy va b.). Neft konlarida esa gaz, oltingugurt, yod, brom, vanadiy, titan, nikel va boshqa “xamroh” majmualarni hosil qiladi. Tabiiy gazlar tarkibida esa kondensat, geliy, oltingugurt, azot va boshqalar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |