alohida kadrlarga nisbatan kadrlar yangiliklari (masalan, elita mutaxassislari va novatorlar bilan ishlash – elita menejmenti);
ilmiy, ilmiy-ta'lim va innovaitsya strukturalari va ularning bo‗limlari kadrlar tizimlarida yangiliklar (bu kvadratga ko‗paytirilgan yangiliklar – innovatsiya strukturalarida yangiliklar desa bo‗ladi);
maqsadli ilmiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni ta'minlash bilan bog‗liq kadrlar yangiliklari (dastur yoki loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun kadrlar yig‗ish va to‗plash);
yangi tuzilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan tashkilotlarda kadrlar bo‗yicha faoliyat;
soha, mintaqa, mamlakat miqyosidagi kadrlar yangiliklari;
kadrlar xizmatlari ishidagi yangiliklar.
Radikallik darajasi, miqyos va amalga oshirish sur'atlari bo‗yicha:
kadrlar tizimini asta-sekin va qisman yangilash bilan bog‗liq bo‗lgan evolyutsion va modifikatsiyalash xarakteridagi kadrlar yangiliklari;
kadrlar tizimini tubdan va keng miqyosli o‗zgartirishga yo‗naltirilgan radikal (islohotchilik) kadrlar yangiliklari. Kadrlar islohotlari – bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim va strukturalar rivojlanishining sifat jihatdan yangi maqsad va vazifalariga mos ravishda kadrlar salohiyatini (kadrlar tizimini) tubdan o‗zgartirishga (yangilashga) yo‗naltirilgan yirik miqyosli kadrlar yangiliklaridir;
lokal, qisman kadrlar yangiliklari.
Qisqa vaqt ichida amalga oshiriladigan kadrlar tizimidagi ekspress-yangiliklar (odatda, kadrlar tizimidagi ekstremal holat bilan bog‗liq bo‗ladi).
KT qismi sifatidagi personalni boshqarishni mexanizatsiyalash elementlariga nisbati bo‗yicha:
personal rivojlanishini baholash sohasidagi o‗zgarishlar;