Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylanib, shu sifatda tashkiliylik va boshqaruvni talab qiladi. Bu sohani innovatsion kadrlar menejmenti (IKM) deb ataymiz.
IKM funksiyalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin.
Boshqaruv obyekti sifatida kadrlar yangiliklarini amalga oshirish bo‗yicha IKM funktsiyalari. Bularga kiradi:
inson resurslarini rivojlantirish, tashkilotning yangi kadrlar bo‗yicha muammolarini aniqlash va hal qilish (ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda) sohasida ilmiy-tahliliy ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish;
KT istiqbollari, konsepsiyalari, innovatsion kadr siyosati, rejalar, dastur va loyihalarini ishlab chiqish;
KT moliyaviy resurs ta'minoti;
KTni tashkil qilish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish; KTni motivlashtirish.
Personalni boshqarish yo‗nalishlari va sohalari bo‗yicha IKM funktsiyalari:
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylangan.
Personalni boshqarish yo„nalishlari va sohalari bo„yicha IKM funktsiyalari personalning uzluksiz ta‟limini tashkil etish (kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish) yangi ishlab chiqarishlar uchun kamyob, elita va novatorlik kasblari bo„yicha kadrlarni qidirish va tanlash innovatsion strukturalar kadrlari mehnati, personalning innovatsion sifatlarini attestatsiya qilish va baholash ish joylari, mehnat va personalning rivojlanishi uchun lavozim rivojlanishi sxemalarini ishlab chiqish va lavozim yo„riqnomalarini takomillashtirish