Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə109/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Jamiyatning ijtimoiy strukturasi IRMga qanday ta‘sir ko‗rsatadi?

  2. Qanday ijtimoiy munosabatlar IRMda hal etuvchi rolni o‗ynaydi?

  3. IRMda kelajak muammolari nimalardan iborat?

  4. IRMning iqtisodiyotdagi ahamiyati?

  5. Iqtisodiyotning markazlashgan boshqaruvi nima?

  6. Tashkilot madaniyati deganda nimani tushunasiz?

  7. Tashkilot madaniyatiga qanday omillar ta‘sir etadi?

  8. Norasmiy tashkiliy tuzilmaning ijobiy va salbiy jihatlarini izohlab bering.

  9. Shaxslar o‗rtasida paydo bo‗lgan nizoni hal qilishda rahbaming o‗mi qanday?

  10. Nizolami hal etish algoritmi qanday bosqichlardan iborat?


9-bob. INSON RESURLARI BOSHQARISHDA KADRLAR TIZIMI INNOVATSIYASI

9.1. Kadrlar tizimida innovatika


Kadrlar tizimi (KT) - ijtimoiy-iqtisodiy tizimning (tashkilotning) markaziy va eng murakkab tashkiliy kichik tizimi (yadrosi) bo‗lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy ko‗rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar va ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi.
Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi – bu ularning miqdoriy va sifat jihatdan to‗xtovsiz yuqoriga o‗zgarishi (darajasining ortishi, yangilanishi), yangi maqsadlar, funktsiyalar, professional malaka va kommunikatsion ko‗rsatkichlar, tarkib, o‗zaro aloqa, boshqarish va subyektlari va usullariga ega bo‗lgan yangi holatga o‗tishidir.
Ko‗rinib turibdiki, KT rivojlanishi kadrlar, kadrlarni boshqarish subyektlari (bo‗limlar, xizmatlar), personal bilan ishlash shakllari va usullarini o‗zgarishidan iborat. Bu o‗zgarishlar progressiv tomonlarni (masalan yangi kasb kadrlarini tayyorlash) ham, regressiv tomonlarni (qayta tayyorlash mumkin bo‗lmagan eski kasblardagi kadrlarni bo‗shatish) qamrab oladi.

39-rasm. Kadrlar innovatikasi57


57 236-bet.
Shunday qilib, kadrlar innovatikasi ikkita o‗zaro bog‗liq bloklardan iborat:

  • KTga yangi elementlar, shakllar va usullarni kiritish:

  • KTdan eskirgan elementlar, shakllar va usullarni chiqarish.

Kadrlar bo‗yicha yangiliklarning, shuningdek, KTni zamonaviy tabiati, mohiyati, xususiyatlarini tushunish uchun kadrlar tizimini progressi, regressi, stagnatsiyasi, inqirozi va barqarorlashuvi kabi tushunchalar muhim hisoblanadi.
Ushbu tushunchalarni ko‗rib chiqish, kadrlar tizimidagi yangiliklar sabablari, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va tuzilmalar (mamlakat, mintaqa, vazirlik, tashkilotlar) taqdirida kadrlar rivojlanishining rolini yaxshiroq tushunish uchun zarur. Ushbu barcha tizimlar va ularning kadrlari turli vaqtda turli holatlarda (to‗liq farovonlikdan inqirozgacha) bo‗lishi mumkin.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin