Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Tashkilotda ichki munosabatlar va tashkilot madaniyatini shakllantirishdagi bog„liqlik



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə106/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Tashkilotda ichki munosabatlar va tashkilot madaniyatini shakllantirishdagi bog„liqlik. Tashkilotda rasmiy munosabatlar bilan birga norasmiy munosabatlar ham mavjud bo‗ladi. Norasmiy tashkiliy tuzilma - rasmiy tashkiliy tuzilma qismi bo‗lmagan, lekin tashkilotning maqsadlariga erishishga ta‘sir qiluvchi munosabatlarning tashkiliy tafsilotidir. Ya‘ni, tashkilot xodimlari o‗rtasidagi shaxslararo darajada vujudga keladigan aloqalar va munosabatlar yig‗indisidir. Odatda, rasmiy va norasmiy tashkiliy tuzilma bir-biriga mos tushishi uchun harakat qilsada, har biri alohida nomoyon bo‗ladi.
Muhim sabablardan biri: xodimlar norasmiy muhitda o‗z boshliqlari, hamkasabalari, quyi pog‗onadagi xodimlar bilan muloqotga kirishadilar.
Norasmiy tashkiliy tuzilma impulsi bo‗lgan jamoada tug‗ma liderlarning bo‗lishi (o‗z maqsadlariga erishuvchi shaxslar) tabiiy holdir. Ularning hokimiyatni (hukumronlikni) o‗z hamkasabalari, do‗stlari yoki rahbariyatga ta‘sir etish vositasida oladilar va bundan tashkilot samarali foydalanishi kerak.

11- jadval Norasmiy tashkiliy tuzilmaning ijobiy va salbiy jihatlari48


Ijobiy

Salbiy

Ijtimoiy muhitda xodimlarning o‗z o‗rnini topishga yordam beradi

Tashkilot tan olgan qadriyatlarni tan olmasa, u bilan nizolarga borishi mumkin.

Nizolar, stresslarlar, tahlikali holatlarni yo‗qotishga imkon beradi.

Nizolarning kelib chiqishiga, tashkilotning harakatlariga qarshi turishga sabab bo‗ladi

Tashkilot ichidagi munosabatlarni yengillashtiriladi.

Tez-tez noto‗g‗ri axborotlarning tarqalishiga sabab bo‗ladi.

Rahbarlar qaror qabul qilishda axborot tarqatish vositasida foydalanadilar

Tashkilot rejalariga qarshi turuvchi yomon ishchilar, kech qoluvchilarga ta‘sir etib ko‗ngilsiz maqsadlarga erishishi mumkin.

  • Gap tarqatish norasmiy tashkiliy tuzilmada axborot uzatish tizimi,

yangiliklarni norasmiy tarqatish vositasidir. Ushbu yangiliklar ish yuzasiga taalluqli bo‗lsa ham, ko‗proq shaxsiy hayotga taalluqli bo‗ladi. U faqat bir tashkilot miqyosidagina emas, balki tarmoq miqyosida ham tarqatilishi mumkin. Gap tarqatish ko‗p hollarda g‗ayirli niyatlarga yo‗naltirilgan bo‗ladi.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin