Ijtimoiy holat. Aholi zichlashib borishi va jamiyatlar o‗rtasida tafovutlarning ko‗payib borishi juda ko‗p muammolarni keltirib chiqaradiki, menejer kishilar bilan muloqotda albatta ularga duch keladi. Bu ijtimoiy holat muammolari. Ular bugungi kunda giyohvandlar, SPID bilan kasallanganlar va aroqxo‗rlarning ko‗payishi bilan seziladi.
Sanoat to‗ntarilishining amalga oshirilishi hozirgi vaqtda texnologik jamiyat qurilishiga olib keldi. U bizning tarixiy tushuncha va institutlarimizga ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Ilgari nisbatan mustahkam va insonni shakllantirishda aniq yo‗nalishlarga ega bo‗lgan oila jiddiy o‗zgarishlarni boshdan kechirdi. Buning natijasi sifatida jamiyatdagi munosabatlar ham o‗zgardi va yana o‗zgarib boradi. Ko‗pincha biz muammoni hal qilayotib, boshqa muammolarni vujudga keltiramiz. Menejer uning qarorlari kelajak uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmasligiga amin bo‗lishi zarur.
Halqaro hamjamiyat.Kommunikatsiyalar va transport juda murakkab
informatsion jamiyatni keltirib chiqaradiki, bu jamiyat boshqa millatlar, davlatlar bilan tadbirkorlik munosabatlari olib borilishini taqozo etishi natijasida G‗arbda har qanday davlatning boshqa mamlakatlar bilan bog‗liqligi tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatlar asosan agrar o‗lkalar bo‗lgan paytda tijorat munosabatlariga ehtiyojlar kam edi. Bugungi kunda esa mamlakatlarda sanoat rivojlanishi halqaro miqyosda o‗zaro munosabatlarga qiziqishni kuchaytirmoqda. Aynan moliyaviy faoliyat sohasi menejyerdan jahon rivojlanishi tendensiyalarini tez va o‗z vaqtida bilib olishni talab qiladi. Jahonda biznes ustidan nazorat qilishga urinishlar kuchayib bormoqda.
Hozir bir nechta mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan transmilliy korporatsiyalar ko‗p. Ularning turli siyosiy muhitlarda faoliyat yuritishi halqaro nazoratga ehtiyojni tug‗dirdi. Millatlar va davlatlar o‗rtasidagi bunday o‗zaro munosabatlar jamiyatning internatsionallashuvi jarayoniga olib keldi. Bu esa insonlarning butun sayyorani yagona markazning yagona nazorati ostida bo‗lishiga urinayotganliklarini bildiradi.