Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Inson resurslarini boshqarish va kelajak muammolari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə101/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

8.3. Inson resurslarini boshqarish va kelajak muammolari


Kelajakda nima bo‗lishi hech kim tasavvur qila olmaydi. Biroq bu muammolar qanday bo‗lishiga qaramasdan, menejerlar bu muammolarni hal qilishi kerak bo‗lgan va shunday ma‘suliyatga ega bo‗lgan kishilar qatoriga kiradi. Menejer doim barcha rivojlanish tendensiyalari ichida bo‗ladi.
Jamiyat kelajakda qanday muammolarga duch kelishidan qat‘iy nazar, menejer ularni tushunish va hal qilish qobiliyatini o‗stirishi lozim. Menejerlarni o‗qitish - jamiyatning kelajakdagi muammolarini hal qilishga eng yaxshi tayyorgarlik. U menejerning barcha vaziyatlarni ratsional va ilmiy tahlil qila olishini ta‘minlashi kerak. Hissiyotga berilish, shoshma-shosharlik, noto‗g‗ri axborot yoki boshqa shunday holatlarda qaror qabul qilish juda jiddiy xato deb ko‗rilishi kerak.
Resurslar muammolari. Yer shari aholisi juda tez sur‘atlar bilan o‗smoqda.
Hozirgi vaqtda unda 6 mlrd.dan ortiq kishi yashaydi. Har bir inson hayoti uchun muayyan miqdordagi resurslar zarur. Kishilar mavjud resurslar bilan qanoatlanmaydilar va yuqori turmush darajasini ta‘minlash uchun resurslar bo‗yicha raqobat kuchayib boradi.
Menejer resurslarni shunday tashkil qilishi kerakki, bunda ishlab chiqarilayotgan tovarlar kam bahoga ega bo‗lsin. U doim kam resurslardan foydalanib, ko‗p tovarlar ishlab chiqarish masalasi ustida bosh qotiradi. Menejment va menejerlar tarixi ham shunda. Ammo resurslarga talabning oshib borishi bilan ularni taqsimlash muammosi kuchayadi. Qachondir bu resurslar me‘yorlashtiriladi degan fikr mavjud. Biroq, resurlarning bir qismi me‘yorlashtirilsa, ularning boshqa resurslar bilan o‗zaro munosabati murakkablashib, butun ishlab-chiqarish tizimiga ta‘sir qiladi. Kelajak muammolari yechimini hozirgi kunda izlash uchun uni bilish zarur. Chunki kelajak hozirgi davrda tug‗iladi. Boshqaruv professionalizmi kelajakni anglashdan iborat, boshqaruv fanining rivojlanishi esa ertaga nima vujudga kelishini bugun aniqlab beradi.
Insonlar. Menejer qo‗l ostidagi asosiy resurs - insonlardir. Insonlar munosabati sohasida ham, insonning o‗zida ham ko‗p o‗zgarishlar sodir bo‗lmoqda. Har bir kishi shaxsiy xususiyatlar, xarakter va muammolarga ega.
Inson shaxsi murakkablashmoqda. Menejer kunda insonlar muammolarini yechish bilan shug‗ullanadi. Ammo u jamiyatning umumiy rivojlanish muammolariga ham duch keladi. Avvalo, bu - aholining ko‗payishi. Kishilar nisbatan ilgari nafaqaga chiqadilar. Yaxshi tajribali xodimlar unumsiz va ularni ijtimoiy ta‘minot tizimi evaziga ta‘minlashning zarur bo‗lib qolishi bu tizim qiymatini oshiradi. Keksa xodimlar ishni tark etadi. Ularning o‗rnini bosishi mumkin bo‗lgan yoshlar soni qisqaradi.
Inson resurslarining bunday muammosi bilan menejer hozirning o‗zidayoq shug‗ullanmoqda. AQSH va Kanadada ishlab chiqarishda faol bandlarning o‗rtacha yoshi 34-35 atrofida, Meksikada esa bu ko‗rsatkich 19 yoshga teng.
Bu mamlakatlar demografik ahvolining bunday farqlanishi inson resurslari muammosidir. Malakali va tajribali xizmatchilarning etishmasligi bilan birga xodimlar tomonidan kutilayotgan munosabatlar ham o‗zgarib bormoqda. Bu kelajak tendensiyasidir. Ijtimoiy munosabatlar va hukumat qarorlari insonlar farovonligini oshirishda menejer va kompaniyalar mas‘uliyatini kuchaytirishga qaratilgan. Ilgari kompaniya va xizmatchilar o‗rtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan cheklanar edi. Bugun bu munosabatlar xodimlarning korxona va ish joyidan tashqaridagi hayotida kompaniya javobgarligining kengayishi bilan xarakterlanadi.
Bu boshqaruvga yangi talablarni qo‗yadi va uni murakkablashtiradi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin