Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə100/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Ta‟minotchilar. Rahbariyat doimiy ravishda ta‘minotchilar bilan muloqotda bo‗ladi. Resurslar bilan ta‘minlash firma ishlarida muhim ahamiyatga ega. Chunki u ishlab chiqarishni zaruriy unsuri hisoblanadi. Rahbariyat tanlagan yo‗l orqali o‗z ta‘minotchilari bilan yaxshi munosabatlarni o‗rnatayotganligiga iqror bo‗lishi kerak. Bunga hisoblarni tez to‗lash, resurslar sifati va miqdoriga tegishli muammolarni birgalikda hal qilish va boshqa bitimlar ta‘sir qilishi mumkin. Mol yetkazib beruvchilar vaqtincha moliyalash manbalari bo‗lib qolishi mumkin.
Xaridorlar. Firmaning xaridorlarga va xaridorlarning firmaga munosabati bu firmaning bozordagi faoliyatidir. Bu munosabatlar hurmat va ishonchga yoki shubha va begonalikka asoslangan bo‗lishi mumkin. Firma bu munosabatlarni shunday qilishi kerakki, bunda xaridorlarning qiziqishlarini o‗rganish va iloji boricha hisobga olishi zarur. SHuningdek ularning taklif va mulohazalarini e‘tibor bilan qarshilash kerak. Bu firma obro‗sini oshirishga va pirovardida, foyda olishga hamda firma maqsadlariga erishishga yordam beradi.
Kasaba uyushmalari. Menejer muomala qiladigan yana bir guruh - bu kasaba uyushmalaridir. U - xizmatchilardan tarkib topgan va ularning manfaatlarini rahbariyatga yetkazish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. U o‗z talablarini amalga oshirish uchun boshqaruvga tazyiq o‗tkazuvchi iqtisodiy kuchdir. Kasaba uyushmasi odatda umummilliy va halqaro kasaba uyushma tashkilotlari bilan bog‗langan. Bu unga kuch va ta‘sir imkoniyatlarini beradi; ko‗pincha, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish haqini oshirish, ijtimoiy imtiyozlarni ko‗paytirish bo‗yicha talablarni ilgari suradi. Firma rahbariyati va kasaba uyushmasi o‗rtasidagi munosabatlar maxsus bo‗lim tomonidan tartibga solinadi.
Kasaba uyushmasining vazifasi - firma rahbariyatining xizmatchilariga g‗arazli munosabatidan himoya qilishdir. Firma kasaba uyushma bilan kelishuvga ehtiyotkorona yondashishi zarur.
AQSHda federal qonunlar insonning kasaba uyushmaga a‘zo bo‗lish xuquqini himoya qiladi. Odatda kasaba uyushmasi va firma rahbariyati o‗rtasida shartnoma qabul qilinadi. U bandlik, ish haqi darajasi, ishdan bo‗shatish jarayoni, ta‘tilga haq to‗lash va boshqa masalalar bilan bog‗liq o‗zaro munosabatlarning ko‗p qirralarini aniqlashtiradi. Kasaba uyushmasining a‘zolari unga tegishli bo‗lish huquqi uchun o‗z ish haqidan badal to‗laydilar. Bu kasaba uyushmalariga iqtisodiy mustaqillik va hokimiyat beradi. Zaruriyat tug‗ilganda o‗z a‘zolari huquqini himoya qilish imkoniyatini beradi.
Kasaba uyushmalari - zamonaviy vaqtda firma faoliyat yuritishi omilidir.
Shuning uchun menejer ular bilan o‗zaro munosabatlar olib borishni bilishi zarur.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin