Tashkilotda ichki munosabatlar va tashkilot madaniyatini shakllantirishdagi bog„liqlik. Tashkilotda rasmiy munosabatlar bilan birga norasmiy munosabatlar ham mavjud bo‗ladi. Norasmiy tashkiliy tuzilma - rasmiy tashkiliy tuzilma qismi bo‗lmagan, lekin tashkilotning maqsadlariga erishishga ta‘sir qiluvchi munosabatlarning tashkiliy tafsilotidir. Ya‘ni, tashkilot xodimlari o‗rtasidagi shaxslararo darajada vujudga keladigan aloqalar va munosabatlar yig‗indisidir. Odatda, rasmiy va norasmiy tashkiliy tuzilma bir-biriga mos tushishi uchun harakat qilsada, har biri alohida nomoyon bo‗ladi.
Muhim sabablardan biri: xodimlar norasmiy muhitda o‗z boshliqlari, hamkasabalari, quyi pog‗onadagi xodimlar bilan muloqotga kirishadilar.
Norasmiy tashkiliy tuzilma impulsi bo‗lgan jamoada tug‗ma liderlarning bo‗lishi (o‗z maqsadlariga erishuvchi shaxslar) tabiiy holdir. Ularning hokimiyatni (hukumronlikni) o‗z hamkasabalari, do‗stlari yoki rahbariyatga ta‘sir etish vositasida oladilar va bundan tashkilot samarali foydalanishi kerak.
yangiliklarni norasmiy tarqatish vositasidir. Ushbu yangiliklar ish yuzasiga taalluqli bo‗lsa ham, ko‗proq shaxsiy hayotga taalluqli bo‗ladi. U faqat bir tashkilot miqyosidagina emas, balki tarmoq miqyosida ham tarqatilishi mumkin. Gap tarqatish ko‗p hollarda g‗ayirli niyatlarga yo‗naltirilgan bo‗ladi.