Nizo sharoiti - bu janjaldan ilgari ro‗y beradigan, janjalning sabablari va shartlari to‗plami. Nizo sharoiti o‗z navbatida ikkita moddadan iborat bo‗ladi:
mojaroning asosidan, ya‘ni nizoning ildizida yotgan asl sababdan.
Opponentlarning "kuchi" faqatgina ularni janjalda odilona, mantiqli fikr yuritishlariga bog‗liq emas. Ularning "kuchi" ularning martabasi darajasiga ham bog‗liq. Har bir janjalda opponentlar to‗rtta martaba darajasidan bittasiga mansub bo‗lishi mumkin.
Nizo asosi - bu janjalning ildizida yotgan to‗qnashuv sababidir. Odatda bu sababni aniqlash qiyin. Ko‗pgina nizolarning asl sababi - bu barcha opponentlarning ehtiyojlarini qondirishga inkoniyat yo‗qdigi, bor talabalarni qoniqtirishda chegaralangan imkoniyatlar mavjudligidadir.
Har bir nizo sharoitidan janjal paydo bo‗lishi uchun opponentlarning bir-biriga qarama-qarshi amaliy harakati kerak. Bu harakat, ya‘ni to‗qnashuv mavjud bo‗lmaguncha janjal sharoiti uzoq vaqt (chegarasiz) sharoitligicha qolaveradi, ammo nizo boshlanmaydi. Bundan xulosa shuki, janjal - bu janjal sharoiti va undagi opponentlarning bir-biriga qarshi harakatidir.
IRM o‗zi qamrab olgan shaxslar, ya'ni insonlar o‗zi yashab turgan jamiyat va shu jamiyat qonunlari bilan ehambarehas holda rivojlanadi. Iqtisodiy tizim, yuqorida aytib o‗tganimizdek, butun institutsion tizimlami harakatga keltirish lozim bo‗lgan boylik va qudrat mezonidir. Ijtimoiy institutlaming xususiyatlari, eng avvalo, menejerda o‗z aksini topadi, chunki uning oldida iqtisodiyotni rivojlantirish kabi murakkab masala turadi.
Ijtimoiy munosabatlarda siyosiy barqarorlik, davlat tinchligi, ijtimoiy tenglik - iqtisodiy rivojlanishning eng asosiy zamini hisoblanadi, buni biz mustaqil O‗zbekiston misolida yaqqol ko‗rishimiz mumkin.
Jamiyat institutlari, institutsion tizim, sotsial holat, iqtisodiyotni markazlashgan boshqaruvi, tashkilot madaniyati, qadriyatlar, munosabatlar, xalq-atvor, tashkilotdagi iehki munosabatlar tizimi, nizo, nizo sharoiti, nizoning oldini olish, nizoni hal etish.