Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so‗nggi o‗n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo‗g‗iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to‗liqroq foydalanish yo‗li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta‘minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag‗larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo‗lgan ―inson resurslari‖ konsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o‗qitib borish va ishchining sifatlarini, potensial imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo‗yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e‘tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsiyaning o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;
10.2. Yirik korporatsiya misolida kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etish
Nazarimizda yillik oboroti 14 mlrd.dollar, 57 mamlakatda o‗z filiallari mavjud bo‗lgan ―GM‖ (AQSh) transmilliy korporatsiyasining (TMK) xodimlar xizmati faoliyatini tashkil etish tajribasi bilan tanishish foydadan holi bo‗lmaydi. Uning shu va boshqa sohalardagi tajribasidan dunyoning ko‗p joylarida foydalanadilar.
―GM‖ amaliyotida ―inson-unumdorlik va sifat manbai‖ g‗oyasining tarqalishi natijasida kadrlar xizmati asta-sekin mehnat strategiyasini ishlab chiuvchi va amalga oshiruvchi markazga aylanib bordi. Korporatsiyaning kadrlar xizmati ishiga quyidagilar kiradi: birinchidan, yuqori malakali ishchi kuchi bilan ta‘minlash, rejalashtirish, tanlash, yollash, nafaqaga chiqarish, ishdan bo‗shatish, kadrlar qo‗nimsizligini tahlil qilish; ikkinchidan, ishchilar malakasini oshirish, kasbga yo‗naltirish va qayta tayyorlash, attestatsiyadan o‗tkazish, malaka darajasini baholash, mansab bo‗yicha harakatni tashkil etish; uchinchidan, mehnatni
rag‗batlantirish va tashkil etishni takomillashtirish, texnika xavfsizligi va ijtimoiy to‗lovlar bilan ta‘minlash. Kasaba uyushmalari bilan olib boriladigan muzokaralarni ―insoniy resurslar‖ boshqarmasining maxsus bo‗linmasi amalga oshiradi, bundan tashqari u mehnat intizomini ham nazorat qiladi.
Va nihoyat, ―GM‖ TMKning boshqaruvchilari aynan kadrlar bo‗linmalarida tayyorlanadi.
―GM‖ TMKning kadrlar siyosati asosini ―inson resurslarini‖ boshqarish korporativ strategiyasi tashkil etadi. Bu mehnat salohiyatidan foydalanishni, uni yangilash va takomillashtirishni, motivatsiyani rivojlantirishni ifodalaydi.
―GM‖ ning kadrlar strategiyasi mehnat bozoridagi tarkibiy o‗zgarishlar, ishchi kuchining global, milliy va hududiy darajadagi xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. Mehnat sohasidagi umumkorporativ strategiya innovatsion, texnologik va moliyaviy strategiyalar bilan uyg‗unlikda olib boriladi. Kadrlar xizmati oldiga xodimlarni boshqarishning 3-5 yildan keyingi ahvoli va ―GM‖ ning ―inson resurslari‖ kelajagini bashorat qilish vazifasi ham qo‗yiladi.
―Inson resurslarini‖ boshqarish missiyasi haqida qabul qilingan bayonot, ―GM‖ kadrlar xizmati uchun strategik yo‗riqnoma bo‗lib xizmat qiladi. Bayonotda quyidagi vazifalar ko‗rsatilgan:
korporativ biznesni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash;
―inson resurslarining‖ kelajagini bashorat qilish, ularni rivojlantirish, ijodkor liderlarni rag‗batlantirish;
tashqi muhit o‗zgarishlariga tezkorlik bilan javob berish va ―GM‖ ning ustunliklaridan oqilona foydalanish;
―inson resurslari‖ sohasidagi muammolarni aniqlash va ularni hal qilishni ma‘sul rahbarlar zimmasiga yuklash;
unumli mehnat qilish uchun sharoit yaratish, ijodkorlik va novatorlikni rag‗batlantirish.
Ishchilarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish uchun ―GM‖ qobiliyatli yoshlarni topish maqsadida, kompaniya bilan tanishtirish va yangi innovatsion dasturlarga kadrlarni jalb qilish uchun maxsus ―talabalar dasturlarini‖ uyushtiradi. 600ga yaqin talabalar kompaniyaning turli bo‗lim va idoralarida shartnoma asosida ishlaydi. O‗z navbatida, ―GM‖ o‗z xodimlarini turli universitetlarga ma‘ruzachi va o‗qituvchi sifatida yuborib turadi. Korxona doirasida ham menejment va boshqa fanlar bo‗yicha maxsus o‗quv kurslari uyushtiriladi.