xizmat va kasbiy karera darajalari bo„yicha xizmatchilarni ko„tarish va joyini o„zgartirish, rahbar personal kadrlar zahirasini shakllantirishni va u bilan ishlashni tashkil etish elita va novator kadrlar bilan ishlash yangiliklar kiritishda personalni motivlashtirish
kadrlar xizmatlari ishini tashkil qilishda yangiliklarni ishlab chiqish 42-rasm. Personalni boshqarish yo„nalishlari va sohalari bo„yicha IKM funktsiyalari49
Yuqorida ko‗rib chiqilgan masalalar yuzasidan shuni xulosa qilish mumkinki, kadrlar innovatikasi zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar (tashkilotlar) faoliyatini rivojlantirishda eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot, tovarlar, xizmatlar va ishchi kuchi bozoridagi raqobat sharoitida kadrlar yangiliklari mehnat jarayonining ajralmas qismiga aylangan.
Hozirgi davrda tashkilot IKM - kadrlar tizimini tashkilotning joriy va istiqboldagi manfaatlari va maqsadlari, personal rivojlanishining zamonaviy qonuniyatlari, davlat, bozor va kasaba uyushmalari standartlari talablarini inson resurslari rivojlanish darajasiga mos ravishda samarali miqyosi va yangilanish sur'atlarini ta'minlashda asosiy o‗rin tutadi.
Tayanch iboralar
Kadrlar tizimining progressi, kadrlar tizimining regressi, psevdoyangiliklar, kadrlar yangiliklari (KT), kadrlar va KT evoloyutsion rivojlanishi.
Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
Kadrlar tizimining progressi nima?
Kadrlar tizimining regressi nima?
Kadrlar tizimining barqarorlashuvi qanday amalga oshiriladi?
Kadrlar va KT evoloyutsion rivojlanishi deganda nimani tushunasiz?
Kadrlar va KTni radikal-intensiv rivojlantirish va yangilash deganda nimani tushunasiz?
Kadrlar yangiliklari (KT) tashkilotlar faoliyatidagi qanday yangiliklami ifodalaydi?
Psevdoyangiliklar qanday yangiliklar?
10. Innovatsion kadr menejmenti (IKM) tashkilotda qanday vazifani bajaradi? 10-bob. AQSH VA YAPONIYADA XODIMLARNI BOSHQARISH MARKAZLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI