Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi
Psevdoyangiliklar. Kadrlar yangiliklari haqida gapirganda har qanday yangiliklar ham ijobiy, progressiv va samarali bo‗lavermasligini e'tiborga olish lozim.
Ular orasida maxsus ko‗rib chiqilishi lozim bo‗lgan psevdoyangiliklar mavjud bo‗ladi.
Psevdo (grek tilida yolg‗on, xayoliy) – bizning holatimizda tashkilotning kadrlar va boshqa tizimlari uchun foyda keltirish o‗rniga zarar yetkazadigan yolg‗on, xayoliy yangiliklarni anglatadi.
Kadrlardagi psevdoyangiliklar – bu subyektivizm oqibatida vujudga kelgan KT yangiliklari bo‗lib, ularning darajasi va samarasini oshirmaydi (yoki buni vazifa qilib qo‗ymaydi) va yo sun‘iy ravishda kadrlar bilan ishlashning eski usullarini ozgina yangilash (innovatsion imitatsiya), boshqa real faoliyatda bo‗lgan va psevdonovatorni qoniqtiruvchi usullarni yashirish (innovatsion spekulyatsiya), yoki progressiv yangiliklarga to‗siq qo‗yib va ultrazamonaviy vaqti kelmagan yangiliklarni kiritib kadrlarni yangilashning progressiv kursini diskreditatsiya qilish (innovatsion diskreditatsiya) maqsadida amalga oshiriladi.
Kadrlar tizimida uchraydigan psevdoyangiliklarga misollar keltiramiz:
yetarlicha obyektiv asoslarsiz va uni amalga oshiruvchilarda yangi kadrlar faoliyatining dasturi bo‗lmagan holda kadrlarni tez-tez almashtirib turish;
zaruriy kompleks kadrlar islohotlari o‗rniga lokal, qisman va ikkinchi darajali kadrlar yangiliklarini kiritish;
qisman kadrlar o‗zgarishi bilan cheklanish mumkin bo‗lgan holda kadrlar islohotlarini o‗tkazish;
eski usullar va kadrlar ballastini yo‗?otmasdan turib kadrlar islohotlarini o‗tkazish;
kadrlar zahirasi bo‗lmagan holda va yetarli bo‗lmagan tanlov sharoitida rahbar kadrlarni o‗zgartirishga harakat;
elita kadrlari va novatorlar ishini qiyinlashtiruvchi kadrlar yangiliklari («teng» huquqlar, ish haqi to‗lashda hammani bir xil qo‗yish va h.k.);