Kadrlarni rejalashtirish - tashkilotda rejalashtirishning tashkiliy qismidir. Agar kadrlarni rejalashtirishga alohida qaralsa, uning samarasi past bo‗ladi. Chunki, kadrlar masalalari bo‗yicha qarorlarga tashkilotning ishlab chiqarish rejasi, ilmiy tadqiqot ishlari rejasi, aylanma rejasi, moliyaviy reja kabi rejalari sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi. O‗z navbatida ushbu rejalarda kadrlar masalasini e‘tiborga olmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mehnat bozori
Рынок труда
Labor
Market
Mehnat bozori - kishilarga o‗z qobiliyatlari va ko‗nikmalariga yarasha ish topish, ish beruvchilarga
- tashkilotga zarur bo‗lgan xodimlarni yollash imkoniyatlarini beruvchi usullar, ijtimoiy mexanizmlar va tashkilotlar yig‗indisidir.
Ijtimoiy bozor iqtisodiyoti - shunday ijtimoiy qurilmaki, bunda davlat erkin raqobatni rivojlantirshni faol yoqlaydi, yollanma mehnatchilar va mehnat beruvchilar o‗rtasidagi
ziddiyatlarni kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, ijtimoiy himoyalanmagan fuqarolarga ko‗maklashishning keng dasturini amalga oshiradi.