Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə119/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Firma ichida o„qitish. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mutaxassislari 1972-yilda ishchi kuchi borasida olib borilayotgan siyosatni o‗rganib chiqdilar va ―Yaponiyadagi ishchi kuchi siyosati‖ nomli hisobotni tayyorlab nashr qildilar. Unda shunday deyiladi, ―tekshirishni olib borgan bizlar qanday qilib professional tayyorgarlikka ega bo‗lmagan bitiruvchilar ishga qabul qilingach malakali mutaxassislarga aylanishiga tushunmaganligimizga iqror bo‗lishimiz kerak. Albatta korxonalarda ma‘lum darajada o‗qitiladi, lekin bu qisqa muddatli o‗qitish bo‗lib, ko‗pincha davlat tomonidan tasdiqlanmaydi, shunga muvofiq ravishda moddiy rag‗batlantirish olmaydi. Ish vaqtida o‗qitish (IVO‗) tufayli mutaxassislar tayyorlansa kerak‖. IXTT mutaxassislari bu faktni izoxlab berishga qiynalib qolishdi, chunki Yaponiyadagi mavjud muntazam professional o‗qitish yevropa standartlariga ko‗ra yetarli emas, ammo bu mamlakatda malakali mutaxassislar salmog‗i juda yuqori.
Rasman sertifikatlashtirilgan ta‟limni baholash. Hozirgi vaqtda Yaponiyada firma ichida o‗qitish qisqa muddatli stajirovka (markazlashgan o‗qitish) shaklida amalga oshiriladi.
Xodimlarni rivojlantirish rejasiga muvofiq stajirovkalar ishchilarning kategoriyasi va lavozimiga qarab uyushtiriladi. Stajirovkalar ITO‗ va mustaqil o‗qish shaklida o‗tkaziladi. II Jahon urushidan keyin mehnat vazirligi nemis modeliga asoslangan kasbiy o‗qitishni rejalashtirgandi, ammo bu rejalar o‗zini oqlamadi.
Rasman sertifikatlashtirilgan o‗qitish tizimi yordamida ko‗p ixtisosli ishchilarni tayyorlash boshqaruvchi xodimlar va yevropa hamda amerika texnikalari funksiyalarini bajaruvchi malakali kadrlarni olishga imkon berdi. Bundan tashqari, yapon xodimlar tayyorlash tizimi nafaqat o‗quv yurtlaridan va markazlashgan ta‘limdan foydalanadi, shu bilan birga IVO‗ ga ham katta e‘tibor beradi.
Davlat va munitsipal muassasalar amalga oshiradigan kasbiy o‗qitish. ―Inson resurslarini‖ kasbiy rivojlantirish qonuni asosida davlat, munitsipal organlar hamda yollashga yordam korporatsiyasi -YYK (maxsus notijorat tashkiloti) kasbiy o‗qitish muassasalarini ochadilar.
Davlat va munitsipal organlari amalga oshiradigan kasbiy o‗qitishning ta‘sischilari va shakllari tarkibiga ―inson resurslarini‖ rivojlantirish markazlari, politexnika kollejlari va markazlari, nogironlarni kasbiy o‗qitish markazlari hamda Politexnika universiteti kiradi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan davlatlar tizimida IRM alohida o‗rin egallar ekan. Chunonchi, IRMni rivojlantirish strategiyasininig bosh masalasi – xodimlarni, kadrlar xizmati faoliyatini tashkil qilish, ularni rivojlanishi zaminida iqtisodiy ravnaq va katta daromadlarni ko‗zlash turur ekan.
Ko‗rib o‗tilgan Yaponiya va AQSh davlatlarida inson resurslarni boshqarish, kadrlarni tayyorlash tizimlari o‗zaro bir-birlariga uxshash tomonlari va ayni paytda har bir mamlakatning o‗ziga xos spetsifik xususiyatlari, elementlari mavjud ekan. Bizning vazifamiz bo‗larni chuqur o‗rganib, tahlil etib, ulardan respublikamizda kadrlarni tayyorlash va inson omilini rivojlantirishda o‗rinli foydalana olishdir.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin