Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Yaponiyada inson resurslarini boshqarishning o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə117/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

10.3. Yaponiyada inson resurslarini boshqarishning o„ziga xos xususiyatlari


Yaponiyada mehnat resurslarini boshqarish Amerika tizimiga o‗xshash. Yaponiya korporatsiyalari o‗z ishchilarini shunday boshqaradiki, natijada ishchilar maksimal va samarali ishlashlari kerak. Bu maqsadlarga erishish uchun Yaponiya korporatsiyalari Amerikaning kadrlar boshqarish texnikasi, shuningdek ish haqi to‗lashning samarali tizimi, mehnat tashkilotlari va ish joylarning tahlili ishchilarning attestatsiyasi va boshqalardan foydalanishadi. Biroq Amerika va Yaponiya boshqarish tizimida juda katta farq mavjud. Yaponiya korporatsiyalari omadi ko‗p hollarda ishchilarning shu kompaniyaga sadoqatliligidadir. Ishchilarni kompaniyalar bilan o‗xshatish, ma‘naviy va yuqori darajadagi samara beradi. Yaponiyaning boshqarish tizimi mana shu o‗xshatishni kuchaytirishga harakat qiladi.
Ishchilarning o„z kompaniyalarga sadoqatliligi. Yuqori mansabdor xodimlar va ishchilar o‗zlarini korporatsiya vakillari deb hisoblaydilar. Yaponiyada har bir ishchi kompaniya uchun kerak va zarur shaxsligiga ishonadi. Odatda yaponiyaliklar o‗z kompaniyasi uchun ko‗p ishlaydi. Bu esa ularning firmaga sadoqatliligini ko‗rsatadi.
Doimiy ishlash va mehnat staji tizimi. Nazariy jihatdan shaxs biron bir tashkilotda qanchalik ko‗p ishlasa, shuncha u unga kuchliroq sadoqatini ko‗rsatadi. Yaponiya korporatsiyalari o‗z ishchilariga ish va rag‗batlantirish tizimi mehnat stajiga qarab ishlatilishini kafolatlaydi, chunki bu ishchining boshqa firmaga o‗tishini bartaraf etadi.
Faol muomala. Boshqa usul ishchi va kompaniya orasidagi sadoqatlilikni
kuchaytirish to‗g‗ri va xususiy aloqalarning rag‗batlanishidadir. Bir qator muomala tizimlari amal qiladi. Ko‗pincha yapon korporatsiyalari rasmiy uchrashuvlar o‗tkazadilar: ertalabki miting, sex majlislari va kichik guruh majlislari. Mitinglar har doim ertalab ish boshlanishidan oldin o‗tkaziladi (ayrim kompaniyalarda haftada bir marta).
Qo„shimcha imtiyozlar. Yirik yapon korporatsiyalari ishchilarga qo‗shimcha imtiyozlar yaratadi. Masalan: har doim yo‗l xarajatlarini to‗laydi. Ishchilar va ularning oila a‘zolarining kasalxona xarajatlarini kompaniya qoplaydi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin