Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yapon iqtisodiyotining asosiy omili kadrlar tayyorlash tizimi deyish mumkin. Uning asosiy xususiyatlari firma ichida o‗qitishdir. Firma ichida o‗qitish tizimining muvaffaqiyatini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
Yaponlarning maktabda oladigan fundamental bilimlarga asoslangan yuqori ta‘lim darajasi;
Zarur bo‗lganda korxonalarning kadrlarni ―korxona ichida tayyorlash‖ an‘anaviy amaliyoti.
Firma ichida o‗qitishni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.
Firma ichida o‗qitishdan tashqari yapon kadrlar tayyorlash tizimiga davlat munitsipal kasbiy o‗qitishi (DMKO‗) ham kiradi va u firma ichida o‗qitishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
Yaponiyada maktab ta‟limi. Urushdan keyingi Yaponiya aholisining ta‘lim olishga bo‗lgan ishtiyoqi shunchalik yuqori ediki, shu sababdan bu ―ta‘lim portlashi‖ deb nomlandi. Bunga Meydzi (1868-1912 yy.) davridagi maktablar islohoti sabab bo‗ldi.
Bir yo‗nalishli maktab ta‘limi tizimi 1872-yilda ―maktab ta‘limi tizimi‖ haqidagi farmon bilan qabul qilingandi va u feodalizm davrida mavjud bo‗lgan harbiy-dvoryanlar tabaqasi uchun ―xenko‖ va oddiy tabaqa ―terikoya‖ maktablarini birlashtirdi. Maktablarni unifikatsiya qilish orqali bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi joriy qilindi.
Bunga Meydzi davridagi islohotchi xukumat sababchi bo‗ldi. Natijada oddiy yaponlar ham kelib chiqishidan qat‘iy nazar, yuqori darajada ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‗ldi. Buning natijasida bir yo‗nalishli ta‘lim tizimi bilim oluvchilar orasida raqobatga va hozirgi yuqori ta‘lim olgan yapon jamiyatiga olib keldi.
Ta‘lim darajasini oshishi va sanoat tarkibining modernizatsiyasi.
Majburiy 9 yillik ta‘limni tamomlab, yuqori o‗rta maktablarga kirganlar miqdori 1960-yilda 60% bo‗lgan bo‗lsa, 1970-yilga kelib 80%, 2000-yilda 94%ga yetdi. Yuqori maktabni tamomlab Oliy o‗quv yurtilariga va 2 yillik kollejlarga kirganlar yuqoridagi yillarga mos ravishda 10, 24 va 37% ga teng bo‗ldi, 1992-yilga kelib esa 39%ga yetdi. Yuqori o‗rta maktablarni tamomlab Oliy o‗quv yurtiga kirganlar darajasi Yaponiyada juda yuqori. Bu ko‗rsatkich Angliyada 32%, Germaniyada – 33, Fransiyada – 38, va AQShda 45%ga teng. Oliy ta‘limga qilinadigan xarajatlar Yaponiyada 0,6 %(YaMMga nisbatan), AQShda 1,25% (1989 y), Angliyada -1,2; Germaniyada -1,4%ga teng. Yaponiyada davlat sektori Oliy o‗quv yurtlar xarajatlarining 90 % davlat va munitsipal xukumat hisobiga bo‗lsa, xususiy sektor Oliy o‗quv yurtlari xarajatlarining 15%ini davlat qoplaydi.
Yapon oilalarida farzandlarni o‗qitishga qilinadigan xarajatlarni yaxshi kapital qo‗yilmani amalga oshirish yoki bu farzanddar uchun eng yaxshi meros deb qarash an‘anasi mavjud. Shu sababli ham oila budjetidan ta‘limga katta mablag‗ ajratiladi.
Maktab ta‘limi va firma ichida o‗qitish o‗rtasida funksiyalarning taqsimlanishi.
Yapon korxonalarining vakillari endigina o‗quv yurtlarini tamomlaganlar orasidan asosiy xodimlarni tanlab oladilar va uzoq muddatli bandlikni hisobga olgan holda, korxonalari uchun mos keladiganlarini oladilar. Odatda, ishga qabul qilinganlarga korxonada aniq bir vazifa ularning malakalari va qobiliyatlariga qarab beriladi. Shu sababdan yollash jarayonida nomzodlarning shu paytdagi bilimlari va xususiyatlaridan tashqari, ularning o‗qishga bo‗lgan qobiliyatlari va moslasha olish xususiyatlariga ham e‘tibor beradilar. Shu tomonlari bilan yapon yollash jarayoni AQSh va Yevrpodagidan keskin farq qiladi.
Yollashga bunday yondashuv maktablarda, professional o‗rta maktablarda va OO‗Yularida fundamental bilim berishga asoslangan yapon kadrlar tayyorlash tizimi bilan bog‗liq. Ma‘lum bir kasb uchun zarur bo‗ladigan maxsus malaka va texnik bilim firma ichidagi o‗qitish jarayonida beriladi.
Yuqori o‗rta texnik maktablarining ahamiyati.
Yaponiyada yuqori o‗rta maktablar umum ta‘lim va kasb maktablariga bo‗linadi. 1990-yilda yuqori o‗rta maktab o‗quvchilarining 13% texnika maktablari hissasiga to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2000-yilda 10%ga, va 2004 yilga kelib 8%ga tushib qoldi.
Natijada yuqori qobiliyatli texnika o‗quvchilarini yig‗ib olish qiyin bo‗lib qoldi. Korxonalar oddiy maktabdan ko‗ra texnika maktab bitiruvchilarini ma‘qul ko‗rishardi. Texnika maktablari bitiruvchilari yuqori texnik malaka talab qiluvchi instrumentlar va tajriba uchastkalariga taqsimlanadilar. Texnika maktablari o‗rta bo‗g‗in injener-texnik xodimlarini tayyorlashga mo‗ljallangan bo‗lsada, hozirgi kunda ularning bitiruvchilari malakali ishchilar sifatida yuqoriroq o‗rinlarga ham ishga joylashmoqda.