Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi
9.2. Qarorlar qabul qilish, strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlari
Bu holatlarni bilish to‗g‗ri qaror qabul qilish, kerakli strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Keltirilgan tushunchalarning qisqacha izohini beramiz:
Kadrlar tizimining progressi – bu kadrlar tizimining kadrlar yangiliklarini doimiy qidirish, ishlab chiqish va amalga oshirish asosida takomillashgan va samaraliroq shakllar, maqsadlar, tarkib va usullarga o‗tishidir.
Kadrlar tizimining regressi - bu kadrlar tizimining turg‗unligi, oldingi darajasining, faoliyatining yangi vazifalarini ta'minlash imkoniyatining pasayishi, kadrlar degradatsiyasi, eskirgan kadrlar va kadrlar bilan ishlash usullariga qaytishdir.
Kadrlar tizimi inqirozi – kadrlar tizimini eng muhim maqsadlari, funktsiyalari, tarkiblari, ishlash va rivojlanish shakllari va usullarining chuqur buzilishi va noto‗g‗ri yo‗nalishi, uning natijasida asosiy kadrlarning yo‗qotilishi yoki yo‗qotish xavfi vujudga kelishi mumkin.
Kadrlar tizimi stagnatsiyasi – kadrlar tizimining ayni paytdagi maqsadlari va ehtiyojlariga mos kelmay ishlashi va rivojlanishining sekinlashishi.
Kadrlar tizimining barqarorlashuvi – KTni normal rivojlanishi va ishlashini (yangi KT yaratishda yoki KTda sezilarli o‗zgarishlar qilinganda) yoki tashkilot barqaror ishlashi uchun KTni yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan minimal darajada ishlashini ta'minlovchi kadrlar. Maqsadlar, funksiyalar, tarkib, shakl va usullarini doimiy barqaror holatga keltirish.
40-rasm. Qarorlar qabul qilish, strategiya, taktika, personalni rivojlantirish va yangilash usullarini ishlab chiqish imkoniyatlari58
Personal menejmenti tizimida kadrlar innovatikasini umumiy masalalarini ko‗rib chiqishda kadrlar va KT rivojlanishini boshqarish ularning normal ishlashini boshqarishdan nima bilan farq qilishini tushunib olish kerak.
Kadrlar tizimining ishlashi – oddiy takror ishlab chiqarish yoki kadrlar qismini, personalni boshqarishning oldingi sifatda maqsad va usullarini takror ishlab chiqarish
58 237-bet.
bilan xarakterlanuvchi shakllangan (o‗zgarmas) norma va qoidalar bo‗yicha shakllangan son va tarkibli kadrlar barqaror va takrorlanuvchi faoliyati.
Kadrlar tizimi ishlashi va uni ta‘minlovchi usullar kadrlar rivojlanishi vazifalariga nisbatan ikkinchi darjali deb, o‗ylash kerak emas. Personalning normal ishlashini ta‘minlash butun tashkilotni normal (barqaror) ishlashining muhim sharti hisoblanadi. Personalning normal ishlashini ta‘minlovchi usullarga harakatdagi kadrlar salohiyatidan ratsional foydalanish, uning barqarorligi va proportsionalligini ta‘minlash, kadrlarni tashkilot ishlashini maqsadlari bilan balansli bog‗lash, kadrlar sohasida inqirozsizlik va kelishmovchiliksizlikni ta'minlash usullarini kiritish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va kadrlar tizimlarining normal ishlashining qonuniyatlari, ularning barqarorligi, o‗zgarmas sifatda, tarkibda, funktsiyalarda, usul va shakllarda takror ishlab chiqarilishi, inqirozsizlik, barqarorlik, ritmiklik, kuchsiz kelishmovchiliklilik, murakkab bo‗lmagan istiqbollash imkoniyatiga egalilik kiradi.