Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə112/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

9.4. Innovatsion menejment obyektlari


Innovatsion menejment obyektlari bo‗yicha:

  • alohida kadrlarga nisbatan kadrlar yangiliklari (masalan, elita mutaxassislari va novatorlar bilan ishlash – elita menejmenti);

  • ilmiy, ilmiy-ta'lim va innovaitsya strukturalari va ularning bo‗limlari kadrlar tizimlarida yangiliklar (bu kvadratga ko‗paytirilgan yangiliklar – innovatsiya strukturalarida yangiliklar desa bo‗ladi);

  • maqsadli ilmiy va ilmiy-texnik dasturlar va loyihalarni ta'minlash bilan bog‗liq kadrlar yangiliklari (dastur yoki loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun kadrlar yig‗ish va to‗plash);

  • harakatdagi tashkilotlarda kadrlar yangiliklari;

  • yangi tuzilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan tashkilotlarda kadrlar bo‗yicha faoliyat;

  • soha, mintaqa, mamlakat miqyosidagi kadrlar yangiliklari;

  • kadrlar xizmatlari ishidagi yangiliklar.

Radikallik darajasi, miqyos va amalga oshirish sur'atlari bo‗yicha:

  • kadrlar tizimini asta-sekin va qisman yangilash bilan bog‗liq bo‗lgan evolyutsion va modifikatsiyalash xarakteridagi kadrlar yangiliklari;

  • kadrlar tizimini tubdan va keng miqyosli o‗zgartirishga yo‗naltirilgan radikal (islohotchilik) kadrlar yangiliklari. Kadrlar islohotlari – bu ijtimoiy-iqtisodiy tizim va strukturalar rivojlanishining sifat jihatdan yangi maqsad va vazifalariga mos ravishda kadrlar salohiyatini (kadrlar tizimini) tubdan o‗zgartirishga (yangilashga) yo‗naltirilgan yirik miqyosli kadrlar yangiliklaridir;

  • lokal, qisman kadrlar yangiliklari.

Qisqa vaqt ichida amalga oshiriladigan kadrlar tizimidagi ekspress-yangiliklar (odatda, kadrlar tizimidagi ekstremal holat bilan bog‗liq bo‗ladi).
KT qismi sifatidagi personalni boshqarishni mexanizatsiyalash elementlariga nisbati bo‗yicha:

  • personal rivojlanishini baholash sohasidagi o‗zgarishlar;

  • personal rivojlanishini istiqbollash va dasturlash sohasidagi yangiliklar;

  • personal rivojlanishida moliyaviy resurs ta'minoti sohasidagi yangiliklar;  personal rivojalnishini motivatsiyalash sohasidagi yangiliklar.


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin