Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə102/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Texnologiya. Hozirgi sanoat dunyosida menejerlar texnologiya rivojlanishini yanada katta e‘tibor bilan kuzatishi zarur. Texnologiya – haqiqatdan ham, ishlab chiqarishni yaxshilashning yagona yo‗lidir.
G‗arbda oxirgi 100 yillikda turmush darajasining o‗sishi, aksari, yangi va yetakchi texnologiyani muntazam qo‗llash orqali kam xarajatlar evaziga ko‗p sifatli tovarlar ishlab chiqarish natijasida amalga oshirildi. Ayrimlar, texnologiya vaqti kelib shunday nuqtaga etadiki, bunda ishlab chiqarish usulini ancha yaxshilash imkoniyati yo‗qoladi, degan fikrni bildiradi.
Texnologiya - qimmatbaho narsa. Xodimlar yoshi darajasining ko‗tarilishi va yoshlar sonining qisqarishi menejerni ishchilar o‗rnini bosuvchi texnologiyalar haqida o‗ylantiradi. Zarur mablag‗lar mavjud bo‗lganda u yangi texnologiyalarni ko‗plab harid qiladi. Bu yerda mahsulot sifatini oshirishga bo‗lgan ehtiyoj o‗sib borishi katta rol o‗ynaydi.
Menejerlar kelajakda yuksalib boruvchi texnologik yo‗nalgan jamiyat bilan ishlaydi. U ishlab chiqarish, iqtisodiyot, jamiyatning holati va ularning rivojlanishi tendensiyalari haqidagi axborotlarga yaxshi ega bo‗lsagina omadga erishadi. Bu yerda axborot texnologiyalari muhim rol o‗ynaydi va aynan shular boshqaruv qarorlari sifatini aniqlaydi.
Atrof-muhit. Har bir inson atrof-muhit muhofazasi haqida qayg‗urishi kerak. Sanoatlashtirish va kishilarning shaharlarda, mintaqalarda to‗planishi chiqindilar bilan bog‗liq global muammoni keltirib chiqaradi. Bu atmosferaga chiqarilayotgan kimeviy chiqindilar yoki axlatxonalarga tashlanadigan chiqindilar bo‗lishi mumkin. Bundan tashqari quyoshdan himoya qiluvchi ozon qatlamining o‗zgarishi insoniyatga katta xavf tug‗diradi.
Ayrim kishilar ekologik muammolarni oshirib yuborilgan deb hisoblaydilar. Shubhasiz, bunday muammolar mavjud va hukumat bu sohadagi nazoratni kuchaytirmog‗i lozim. Iste‘molchi soliq yoki tovarning yuqori qiymati orqali barcha xarajatlarni to‗laydi, har doimgidek menejer foyda va iste‘molchi o‗rtasida turadi. U past baholi yaxshi tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarida yangi mas‘uliyatga ega bo‗ladi. Atrof-muhit bunda qo‗shimcha va ortib boruvchi qiyinchiliklar tug‗diradi.
Hukumat. G‗arbda davlat korporatsiyalar solig‗idan yuqori foizli daromadlar oladi, hukumat biznes yuzasidan qarorlarni doimiy ravishda ko‗paytirib boradi. Masalan, AQSHda yangi biznes ochish va yuritish hukumat qarorlari natijasida tobora qiyinlashib bormoqda. Ko‗p kompaniyalarda hukumat qarorlariga ta‘sir etishga o‗rinish bilan shug‗ullanuvchi maxsus bo‗limlar ham mavjud.
G‗arbda davlat tomonidan muvofiqlashtirish kompaniya faoliyatining ko‗p qirralarini qamrab oladi. Davlat xizmatchilarning eng kam ish haqi, ish vaqti o‗zunligini tartibga soladi, pensiya jamg‗armasiga to‗lovlar o‗tkazishni talab qiladi, ma‘lum ijtimoiy xizmatlar bilan ta‘minlash masalalari bilan shug‗ullanadi.
Bundan tashqari davlatga va asosan soliq bo‗limiga yuboriladigan ko‗plab hisobotlar mavjud. Ko‗p g‗arbiy mamlakatlar iqtisodiyoti hukumat tomonidan markazlashgan boshqarishga yaqinlashib kelmoqda. Ammo ular buni markazlashgan boshqarish tizimi deb atamaydilar; chunki resurslarning haqiqiy taqsimlanishini rejalashtirmaydilar. Hukumat bunga muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish orqali bilvosita ta‘sir ko‗rsatadi. Ular firmalarni hukumat qarorlari va davlat vazifalariga muvofiq holda faoliyat yuritishga yo‗naltiradi. Menejer bu qarorlarda ko‗rilgan masalalar bilan shug‗ullanmasligi mumkin emas va kelajakda bunga yanada ko‗proq e‘tibor beriladi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin