Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy munosabatlari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə99/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

8.2. Inson resurslarini boshqarishning ijtimoiy munosabatlari


Davlat va hukumat. Hukumat har qanday davlatda o‗z fuqarolariga soliq solish huquqiga ega, u shuningdek, muvofiqlashtiruvchi vazifani ham bajaradi. U biznesning amaliy tomonlariga taalluqli operatsiyalar, soliqlar, atrof-muhit muhofazasi, mehnat muhofazasi va boshqa masalalar bo‗yicha qonun va farmoyishlar ishlab chiqadi, hukumat firmalar faoliyat doirasini ta‘minlash uchun javobgardir va shu sababli u soliqlar yig‗adi, biznes bilan shug‗ullanish huquqini berganligi uchun haq oladi.
Davlat qarorlari firmalar uchun yanada katta ahamiyatga ega bo‗lmoqda. Jamiyat rivojlanib borishi bilan turli muammolar vujudga keladi. Masalan, atrofmuhitning ifloslanishi muammosi firmalarga soliq solish bo‗yicha davlat farmoyishlarini ko‗payishiga olib kelishi mumkin. Bu qarorlarning amalga oshirilishi pirovard natijada iste‘molchilar zimmasiga tushadi, chunki atrof-muhit bo‗yicha qonunlar tovarni ishlab chiqarish qiymatini oshirsa, kompaniya bu xarajatlarni bir o‗zi qoplay olmaydi, negaki biznesda qolish uchun minimal daromadlarning muayyan darajasiga erishish kerak. Agar qarorlar bu daromadni ―yeb qo‗ysa‖, xarajatlarning bir qismi iste‘molchilarga yuklatiladi.
Jamiyat. Menejer o‗zaro munosabatda bo‗ladigan yana bir insonlar guruhi - aholidir. Aholi o‗z noxiyasi yoki mintaqasidagi firmadan ma‘lum bir natijani kutadi.
Firma oldida bajarilishi zarur bo‗lgan ma‘lum ijtimoiy munosabatlar turadi. Bu xizmatchilar orasida donorlik (qoni yig‗ish) yoki xayriya ishlarida qatnashish bo‗lishi mumkin. Tuman aholisi ko‗p loyihalarda ishtirok etish uchun firmalarni jalb qiladi. Odatda moliyaviy resurslarning ma‘lum qismi shunday tartiblarga ajratiladi. Biroq, bu mablag‗larni bir tekis taqsimlash zarur va shu tarzda ijtimoiy tengsizlikni yo‗qotish mumkin.
Jamiyatda shunday aholi guruhlari mavjudki, ular hokimiyat va biznesning turli tuzilmalariga tazyiq o‗tkazadilar va muayyan harakatlar bajarilishini talab qiladilar. Bu yo‗l yo‗nalishini o‗zgartirish, kamyob xayvon turlarini va tarixiy obidalarni saqlab qolish, atrof-muhit muhofazasi, ayrim kishilar guruhiga yordam ko‗rsatish va boshqa talablar bo‗lishi mumkin. Menejerlar qaror qabul qilishda, ham kompaniya ham jamiyat manfaatlarini hisobga olishi kerak.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin