Shunday qilib, biz rivojlangan davlatlar miqyosida, IRM da sifat nazorati, uni amalga oshirishda asosiy rol o‗ynaydigan chora-tadbirlar va iqtisodiy rejalami ko‗rib ehiqdik. TQMning boshqarishdagi alohida roliga to‗xtalib, uning tovarlar ishlab ehiqarishda neehog‗li muhim rol o‗ynashini ko‗rdik.
Ish faoliyatini baholashda to‗g‗ri obyektiv mezonlami topish - hozirgi davrda ishlab ehiqarishda eng asosiy stimul ekanligini yuqorida keltirilgan misollar yaqqol ko‗rsatib turibdi. Bulardan milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishda to‗g‗ri foydalansak, albatta, ish sifati va har bir ishehining turmushi darajasi kundan-kunga oshaveradi.
Tayanch iboralar
Sifatni nazorat qilish, TQM ustunli diagrammalar, rag‗batlantirish, imtiyozlar, baholash uslublari, attestatsiya.
Nazorat va mulohaza uchun savollari
Sifatni nazorat qilish tizimi deganda nimani tushunasiz?
Ishchi xodimlaming ish faoliyati qanday usullar bilan rag‗batlantiriladi?
Keltirilgan misollardan qaysilarini O‗zbekistondagi kompaniya va firmalarda umuman ishlab chiqarishni tashkil qilishda foydalanish va qo‗llash mumkin?
Xodimlar faoliyatini baholashda sifatni nazorat qilish ahamiyati?
Sifatni nazorat qilishga personalni jalb qilishning yana qanday yo‗llarini tavsiya qilasiz. Sifatni har tomonlama boshqarish konsepsiyasi tarkibini aniqlang.
Foyda va maqsadga erishishda qatnashish, foydalarda qatnashish qaysi yo‗llar bilan amalga oshiriladi?
8-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISHNING JAMIYAT IJTIMOIY STRUKTURASIDA TUTGAN O„RNI