Tashkilotdagi ichki munosabatlar tizimi. Insonlarning har qanday guruhi ijtimoiy iearxiyani shakllantiradilar. Ayrimlar uni boshqaradilar, ayrimlar ijtimoiy iearxiya o‗rtasida turib ta‘sir o‗tkazadilar. Hozirgi kunda ko‗pchilik xodimlar xizmat pog‗onasidan ko‗tarilishni xohlaydilar, mukofotlar olishga ishtiyoqmand bo‗ladilar. Shu bois, o‗z qobiliyatlari va erishgan yutuqlarini namoyish etishga qiziqadilar. Ular qo‗lidagi muhim qurol – tashkilot ichki munosabatlar tizimidir. Ayrimlar uchun tashkilot ichki munosabotlar tizimi o‗z manfaatlari va hokimiyatiga erishishlari uchun o‗zgalar orqali tashkilotda yo‗l tutish imkonidir. Agar bunday xulq atvor tashkilotdagi madaniy muhitga mos kelmasa, u ko‗p janjallarga olib keladi.
Tashkilot madaniyati — tashkilotdagi psihologik tabiat (klimat) va qadriyatlar sistemasi bo‗lib, u ishchi muhitni shakllantiradi va unga xususiy jilo beradi.
Tashkilot madaniyati yoki Korporativ madaniyat xodimlar faoliyatini belgilashga xizmat qiladi, uning talablariga mos kelish imkonini beradi, muammoni yechishda, qabul qilingan qarorni anglash va nima uchun bunday qaror qabul qilinganligini ifodalaydi. Korporativ madaniyat tashkilotning ichki, o‗rnatilgan qadriyatlarida ham namoyon bo‗ladi.
Masalan, ―General Electric‖ kompaniyasi shunday ishchi muhit yaratish ustida ish olib bormoqdaki, unga ko‗ra har bir ishchi o‗z ish o‗rnida kompaniyaning bozordagi o‗rnini his etsin.
Tashkilot madaniyatini yuksaltirish vositalari.Tashkilot madaniyati o‗ta murakkab munosabatlar majmuidan iborat, uni yuksaltirish masalasiga ham jiddiy e‘tibor berish kerak bo‗ladi. Tashkilot madaniyatini yuksaltirish vositalari quyidagilarga bog‗liq:
Faoliyatning aniq mo‗ljalini belgilash;
Individual fikrlarni hisobga olish va ularni hurmat qilish
Inson resurslarini boshqarishda shaxslararo munosabatlar
Ish faoliyatida komandada ishlayotgan ishchilar o‗rtasida turli xil kelishmovchiliklar va nizolar paydo bo‗lishi mumkin.
Nizo - bu ishlab chiqarishda, jamiyatda yoki shaxsiy hayotda mavjud bo‗ladigan qarama-qarshi maqsadlar, ishtiyoqlar, fikrlar va mulohazalarning to‗qnashuvi. Har bir odamning o‗zfikri va dunyoqarashi bo‗ladi. Shu tufayli jamiyatda va mehnat jamoasida ziddiyatlar bo‗lib turishi tabiiydir. Undan tashqari, har bir rivojlanish o‗ziga xos bir qarama-qarshilikdan boshlanadi. Har bir nizo tarkibi nizo sharoiti va to‗qnashuvdan iborat.