Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə19/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

1.2. Inson resurslarini boshqarish xususiyatlari


Olimlarning fikricha, kadrlarning ishlab chiqarishdagi roli to‗g‗risidagi 4 konsepsiya almashgan:

  1. Mehnat resurslaridan foydalanish.

Ushbu konsepsiya XIX asrning oxirlarida XX asrning 60 - yillarida o‗z aksini topgan. Ushbu konsepsiyada ishlab chiqarishda inson emas, uning funksiyasi, ish vaqti sarfi va ish haqi bilan o‗lchanadigan mehnat ko‗rib chiqilar edi.

  1. Personalni boshqarish.

Bu konsepsiya 1930-yillarda rivojlangan. Ushbu konsepsiyaning ilmiy asosi bo‗lib byurokratik tashkilotlar nazariyasi hisoblanadi. Bunda inson rasmiy rol mansab orqali ko‗rib chiqilib, boshqarish ma‘muriy mexanizmlar (tamoyillar, usullar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshiriladi.

  1. Inson resurslarini boshqarish.

Inson mansab sifatida emas (struktura elementi sifatida emas) to‗ldirilmaydigan resurs – uchta asosiy komponentdan (mehnat funksiyasi, ijtimoiy munosabatlar, ishchining ahvoli) iborat tashkilotning ijtimoiy elementi sifatida ko‗riladi. Ushbu konsepsiyaning asoschisi bo‗lib Yaponiyaning yetakchi olimlari hisoblanadi.

  1. Insonni boshqarish.

Bu konsepsiyaga muvofiq inson tashkilotning asosiy subyekti va boshqaruvning alohida obyekti bo‗lib resurs sifatida qaralishi mumkin emas. Insonning istaklari va qobiliyatidan kelib chiqqan holda tashkilotning strategiya va tarkibi tuzilishi kerak. Ushbu konsepsiya asoschilari Yaponiyaning yetakchi olimlari hisoblaniladi.
Korxona va tashkilot o‗z oldiga qo‗yilgan maqsadlarni ro‗yobga chiqarish uchun turli resurslardan foydalanadi. Ular an‘anaviy ravishda uchta asosiy guruhga bo‗linadi: natural yoki tabiiy resurslar (fransuz iqtisodchisi J.B.Seyning ta‘rifi bo‗yicha: yer), moddiy resurslar (kapital) va inson resurslaridan iborat bo‗lib, bularni ishlab chiqarish omillari deb ham atash mumkin.
Korxona va tashkilot resurslarni harid qilar ekan, tashkiliy maqsadlarga erishmoq uchun ulardan unumli foydalanishga harakat qiladi, paxtani qayta ishlab gazmolga aylantiradi, stanoklarda detal tayyorlaydi, avtobus haydovchilarini o‗qitadi va yo‗lga yuboradi.
Mazkur jarayon samarali bo‗lmog‗i uchun korxona foydalaniladigan resurslarning optimal nisbatini (ularning miqdori, usuli, joyi, vaqti, o‗zaro harakat qilish muddati nuqtai nazaridan) ta‘minlashi yoki boshqacha aytganda, resurslarni boshqarishi zarur. Bir uyni bir kishi uch yil mobaynida qurishi mumkin, o‗n kishilik brigada - g‗ishtdan to‗rt oy mobaynida, temir – beton bloklaridan uch kishilik brigada ko‗tarma kran yordamida bir oy ichida qurishi mumkin, bu ish uyning bo‗lajak egasi ega bo‗lgan maqsad va mablag‗larga bog‗liqdir. Resurslarni boshqarish tashkilotni boshqarishga asoslanadi.
Moddiy va tabiiy resurslarni boshqarish bilan bir qatorda insonlarni boshqarish har qanday korxona va tashkilotni boshqarishning tarkibiy qismidir. Biroq o‗zining ta‘riflariga ko‗ra odamlar tashkilotlar foydalanadigan har qanday resurslardan jiddiy ravishda farq qiladi, binobarin, boshqarishning alohida usullarini talab etadi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin