Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə76/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Qisqa xulosalar


Korxonani boshqarishda rahbar xodimlar mehnatini to‗g‗ri tashkil qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega Ular inson resurslarini samarali boshqarishi uchun boshqamv uslublari, boshqamv taktika va strategiyasi, unda qo‗llaniladigan vositalar haqida yetarli bilimlarga ega bo‗lishlari kerak. Boshqamvning avtoritar, aloqadorlik va avtonom uslublari mavjud bo‗lib, rahbarlar turli vaziyatlarda ulardan unumli foydalana bilishi zarur. Rahbarlar qanday uslublarga ko‗proq e'tibor berishiga qarab ulami avtoritar, demokrat va liberal rahbarlarga ajratish mumkin.
Har bir menejer o‗ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o‗ziga xos yo‗l, usul ma‘nosini anglatadi.
Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o‗ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‗l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o‗z vazifalariga muvofiq ish ko‗radi.
Biroq har bir rahbar bunda o‗ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‗zi uchun mos bo‗lgan, o‗z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‗z qo‗l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‗zaro munosabatlarida tarkib topadi.

Tayanch iboralar


Institutsional aspekt, instrumental aspekt, boshqaruv stili, avtoritar uslubi, liberal uslub, demokratik uslub, zamonaviy rahbar, jismoniy vositalar, emotsional (mental) vositalar, Boshqaruvning ijtimoiy vositalari, aralash vositalar.

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Boshqarish uslublari deganda nimalami tushunasiz?

  2. IRMda boshqarish taktikasi va strategiyasi nimalardan iborat?

  3. Menejer kodeksida nimalar yoritilgan?

  4. Birgalikda boshqarish tushunchasini izohlab bering?

  5. Boshqaruvning qanday vositalari mavjud?

  6. Rahbarlik uslublarining salbiy va ijobiy tomonlarini izohlab bering?

  7. Demokratik boshqarish usuli bilan liberal boshqarish usuli o‗rtasidagi farqni aytib bering?

  8. Yangi tashkil topgan korxona qanday boshqaruv usulidan foydalanish kerak?

  9. Zamonaviy rahbar qanday bo‗lishi kerak?

  10. Zamonaviy o‗zbek rahbari qanday bo‗lishi kerak?

  11. Rahbarlik uslubining qaysi bir turini tanlagan bo‗lar edingiz va nima uchun?

  12. Rahbar qanday talablarga javob berishi lozim?

  13. Rahbarda qanday ijobiy xislatlar mujassamlashgan bo‗lishi lozim?

  14. Qaysi xislatlar rahbarni el nazaridan qolishiga olib keladi?


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin