Korxonani boshqarishda rahbar xodimlar mehnatini to‗g‗ri tashkil qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega Ular inson resurslarini samarali boshqarishi uchun boshqamv uslublari, boshqamv taktika va strategiyasi, unda qo‗llaniladigan vositalar haqida yetarli bilimlarga ega bo‗lishlari kerak. Boshqamvning avtoritar, aloqadorlik va avtonom uslublari mavjud bo‗lib, rahbarlar turli vaziyatlarda ulardan unumli foydalana bilishi zarur. Rahbarlar qanday uslublarga ko‗proq e'tibor berishiga qarab ulami avtoritar, demokrat va liberal rahbarlarga ajratish mumkin.
Har bir menejer o‗ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o‗ziga xos yo‗l, usul ma‘nosini anglatadi.
Rahbarning ish uslubi bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o‗ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‗l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o‗z vazifalariga muvofiq ish ko‗radi.
Biroq har bir rahbar bunda o‗ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‗zi uchun mos bo‗lgan, o‗z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi.
Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‗z qo‗l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‗zaro munosabatlarida tarkib topadi.