Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Tanqidga qo„yiladigan asosiy talablar



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə73/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

5.5. Tanqidga qo„yiladigan asosiy talablar


Har qanday rahbar mehnati ko‗p asab va quvvatini sarflashni taqozo etadi, bu uning xatti-harakatlarida aks etishi mumkin. Biroq shunga qaramay u doim va hamma yerda xushmuomala va odobli bo‗lishi zarur. Yaxshi rahbarga manmanlik, dimog‗dorlik, asabiylik, injiqlik, hokimiyat kuchi bilan o‗z qo‗l ostidagilarga qiliqlari va odatlarini zurlab o‗tkazish yotdir. U bo‗ysinuvchini kamsitish, shaxsiy g‗ururini tahqirlovchi vaziyatlardan o‗zini chetga oladi.
Rahbarning ijobiy sifati - bosiqlik, vazminlik bo‗lib, u hamma vaqt – qaror qabul qilishda, so‗zlarda, harakatlarda zarur, chunki dastlabki istaqlar ba‘zan noto‗g‗ridir. Uning ta‘siri ostida hissiyotlarga berilib inson haqikatni noto‗g‗ri qabul qiladi. Ba‘zan u bosiq paytda hech qachon qilmaydigan ishini yoki so‗zini qizishib ketganda sodir qilishi mumkin. Bunday vaziyatda to‗g‗ri yo‗l - o‗z xatosini tan olish. Bundan obro‗ zarar ko‗rmaydi. Aks holda vaziyat yanada murakkablashadi.
O‗zini tuta bilmaslik, asabiylashuvchanlikning natijasi sifatida urishish va qo‗rslik kelib chiqadi. Haqorat baqirig‗i hech qachon jamoada normal munosabatlarga qo‗l kelmagan. Psihologlap qat‘iy va bosiqlik bilan berilgan topshiriqlar asabiy holatda va dashnomlar berish orqali topshirilgan vazifalarga qaraganda kuchli ta‘sir etadi deb ta‘kidlaydi.
Bo‗ysinuvchi ayb ish qilganda ham eng jiddiy gaplashuv boshqa har xil narsalarga o‗xshamasligi kerak. Jiddiylik va talabchanlikni cho‗rtkesarlik va aybsitishlikdan farq qilish, jazolashni ayb darajasiga qarab belgilashni bilish zarur. Shuningdek, bir o‗ziga va ko‗pchilik oldida elon qilingan xayfsan o‗rtasidagi farqni yodda tutish kerak. Tabiiy, rahbar bo‗ysunuvchilarga qaratilgan tanqidiy gaplarsiz ish yuritishi mumkin.
Tanqid - unga qo‗yiladigan asosiy talablar 26-rasmda keltirilgan:
Birinchidan, u ishga va predmetga oid bo‗lishi kerak. Afsuski psevdokritika
deb ataluvchi soxta tanqid ham uchraydi.
Shunday g‗arazli maqsadlarni ko‗zlovchi tanqidning bir necha xil turlari bor:

  1. Shaxsiy adovatlarni hal qilish, o‗z holatini va obro‗sini saqlash, oshirish vositasi sifatidagi tendensioz (g‗arazli, bir yoklama) tanqid.

  2. O‗ziga xos ―profilaktika‖ sifatidagi tanqid. Ayrim rahbarlarning fikricha, busiz ishlash kayfiyatini yaratib bo‗lmaydi.

  3. Standart tanqid. Masalan, dokladga ―tanqidiy‖ qism kiritilishi, bu hech qanday majburiyatni yuklamaydi va rasmiy xarakterga ega.


26-rasm. Tanqidga qo„yiladigan asosiy talablar32



  1. Ko‗rgazmali tanqid, u kamchiliklarga murosasizlikning ko‗rinishini vujudga keltiradi.

  2. Ogohlantiruvchi - qoralovchi tanqid. Prinsipial va sof vijdonli xodim tribunadan tanqidiy gapirishga ruxsat so‗raganda, rahbar yoki uning ―safdoshlari‖ tomonidan arzimagan xatolarini bo‗rttiruvchi ayblashlar.


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin