Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


Qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni hal qilish usullari



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə81/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

6.4. Qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni hal qilish usullari


Insonning faoliyat turi sifatidagi menejmentning asosiy xususiyatlaridan biri - qaror qabul qilish. Qaror - biron bir muammoni hal qilish bo‗yicha harakatlar majmuidir. Bundan oldin har doim maqsadni aniqlash, vaziyatni baholash, muammoni aniqlash va ifodalash masalalari turadi. Qabul qilingan qarorlarning qanday natija berishini hech qachon oldindan ko‗rib bo‗lmaydi. Har bir qaror maqsadga yaqinlashtirishi yoki uzoqlashtirishi mumkin, injener martabasini o‗stirishi yoki pasaytirishi mumkin.
Qaror qabul qilishdagi asosiy qoida menejer muammoni hal qilishga harakat qilishi kerakligidan iborat. Buning uchun ularni ko‗rish, aniqlash, tushunish, baholash zarur. Ko‗pincha menejerlar o‗z obro‗sini oshirish uchun ijobiy qarorlar qabul qilishni xoxlaydi. Boshqa qarorlarning esa ma‘suliyatni soqit qilish maqsadida yuqoridagi rahbarga yoki o‗z xodimlariga topshiradi. Bu esa boshqaruv samarasiga yomon ta‘sir ko‗rsatadi. Menejer barcha turdagi qarorlar uchun ma‘suliyatli shaxs bo‗lishi kerak. Yakka tartibda qabul qilingan qaror kabi jamoaviy (kollegial) tarzda qabul qilingan qarorlar uchun ham u javobgarlikka ega, chunki bu kamchiliklarni u shakllantiradi.
Boshqaruv jarayonlarida muammolarni echish modellari. Boshqaruv jarayonida muammoni echishning ikkita asosiy modeli mavjud: Birinchi model nemis sotsiologi Maks Veber kitobida keltirilgan byurokratiya modelidir. Bu model barcha qarorlarni qabul qilinishida zaruriy qoidalar majmuasiga asoslangan. Bu qoidalar universal xarakterli bo‗lib, biror bir real vaziyatga mos kelmaydi. SHuning uchun byurokratiya ommaviy tusga ega emas. Kishi o‗z baholashlarida xoslikka, individual xususiyatlarga ahamiyat beradi. Byurokratiyaga duch kelganda konkretlashtirilgan qarorga intiladi. Biroq ba‘zida amaldagi qoida va talablar xususiyatlar hisobga olinmagan qaror variantlarini o‗rnatadi.
Boshqa model - bu qarorlarni personallashtirish modelidir. Uni davolovchi vrach misoliga o‗xshatish mumkin. Muayyan kasalga xos bo‗lgan belgilarga asosan vrach kasalning ahvolini tahlil qiladi, tashhis qo‗yadi va qaror qabul qiladi. Ikkita aynan bir xil kasal mavjud bo‗lmagani uchun ko‗rsatmalar ham har xil bo‗ladi. Vrachning bilimi va tajribasiga asoslangan muammolarni hal qilishning umumiy metodologiyasi mavjud, xolos. Masalan, xirurgik operatsiya har doim o‗ziga xos bo‗ladi.
Boshqaruv butunlay byurokratik qoidalarga bo‗ysina olmaydi. Xuddi shunday boshqaruv qarorlari ham byurokratik bo‗lmasligi kerak. Ular menejer professionalizmi va uning konkret vaziyatlarini boshqarish mahorati mahsulotidir.
Qaror turlari. Byurokratik tizimda boshqaruv qarorlarini qoidalar asoslab beradi. Bunday sharoitlarda boshqaruv tizimining quyi darajalaridagi ko‗p qarorlar ancha standart va o‗zgarmasdir. Menejer qarorini asoslab beruvchi qoidalar mavjud bo‗lganda, ular uning qaror qabul qilish ma‘suliyatini pasaytiradi, muammoni tushunish uchun izlanuvchi yondashuvni talab qilmaydi.
Bunday qarorlar ba‘zan dasturiy yoki namunaviy (tipovoy) deyiladi. Ular ko‗rsatma (instruksiya) bo‗yicha qabul qilinadi, menejer faoliyatida albatta, muayyan ulushga ega bo‗ladi.
Menejer boshqaruv qarorini ishlab chiqishda tashqi va ichki muhit ta‘siri ostida bo‗ladi. Tashqi muhit - bu haridorlar, raqobatchilar, siyosiy va umumijtimoiy sharoitlar. Ichki muhit - firma tashkiliy muhiti, personal, texnologiya. Shuningdek, o‗z martabasini o‗stirish imkoniyati, muhim omillarning o‗zaro ta‘siri qaror tanlashni aniqlaydi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin