Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə80/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Professional oriyentatsiya. Professional orientatsiya - shaxsning nisbatan moyil bo‗lgan qimmatliklar, motivlar, ehtiyojlar majmuasi bo‗lib, bu orqali shaxs karyerasining turini ko‗rsatadi. Dj. Golland oltita asosiy individual orientatsiyaga ajratadi(31-rasm).

31-rasm. Dj. Golland oltita asosiy individual orientatsiyasi37


Realistik orientatsiya- ijtimoiy kuch bilan bog‗liq mashg‗ulotlarga moyilligi.

  1. Tadqiqiy orientatsiya- fikrlash,tashkiliy faollik bilan bog‗liq karyeraga moyillik. Biologlar, ximiklar, kollej professorlari.

  2. Artistik orientatsiya - fikrni, emotsiyalarini ifodalash, san‘atkorlikka moyillik. Rassomlar, musiqachilar, reklama yaratuvchilar.

  3. Ijtimoiy orientatsiya – intellektual yoki jismoniydan ko‗ra ko‗proq shaxslararo muomalaga moyillik. Diplomatik xizmat, ijtimoiy mehnat.

  4. Tashabbuskor orientatsiya – boshqalarga ta‘sir o‗tkazish bilan bog‗liq faoliyat. Menejerlar, advokotlar, kotiblar.

  5. Konvension orientatsiya – tashkiliy, tartibga solingan faoliyatga moyillik. Shuningdek, xodim o‗z ehtiyojlarini tashkilotniki bilan uyg‗unlashishini talab etuvchi kasblar. Bankir, buxgalter.

Ba‘zi odamlar birdan ortiq orientatsiyaga ega bo‗lishi mumkin. Sxemadagi orientatsiyalar qanchalik yaqin joylashsa, karyera tanlash bilan bog‗liq muammolar kamroq bo‗ladi.
Qobilyat va ko‘nikmalarni aniqlash. Karyera muvaffaqiyati nafaqat shaxsning hissiyotlari, balki unda mavjud qobiliyat va amaliy ko‗nikmalariga ham bog‗liq.
Karyerani rejalashtirish maqsadlari uchun shaxsning qobilyatlari odatda maxsus testlardan foydalaniladi. Bunda intellektual, matematik qobiliyat, abstrakt fikrlash darajasi, artistik talantlari va boshqalar aniqlanadi.
Mavjud professional ko‗nikmalarni aniqlash uchun ishchi tomonidan bajarilgan bir qancha vazifalarni tahlil qilib chiqish kerak bo‗ladi.
Karyera langarlari. Karyera langarlari- karyera jarayonida shakllangan, tanlashga to‗g‗ri kelgan hech ham voz kechilmaydigan qiziqish yoki qimmatlik. E.Sheyn beshta karyera langarini aniqlab bergan:

  1. Texnik (funksional)- professional karyerasini afzal bilish.

  2. Boshqaruv – menejer karyerasini ustun qo‗yish.

  3. Tashabbuskor – tadbirkor karyerasini afzal ko‗rish.

  4. Avtonom (mustaqil) – konsultant, shtatdan tashqari jurnalist, muallif yoki boshqa alohida, yolg‗iz ishlashga imkon beradigan karyerani afzal bilish.

  5. Barqaror (xavfsiz) – uzoq muddatli va barqaror ishni afzal ko‗rish.

Karerogramma- bu ijtimoiy- professional o‗sishning individual rejasidir. Bu xodim va ma‘muriyat o‗rtasida xodimning istiqbollari to‗g‗risida kelishilgan o‗ziga xos bitimdir.
Karerogramma bir qancha bo‗limlardan iborat. Ularning birinchisida xodimning o‗sish, rivojlanish boqichlari xronologik tartibda ko‗rsatiladi. Bularga xodimning malakasi, lavozimi, ish sharoiti, ish haqi va boshqalar kiradi.
Ikkinchi bo‗lib, xodimning ko‗tarilishi uchun kerak bo‗lgan talablardan iborat. Masalan, xizmatda ko‗tarilish uchun qanday ko‗nikma, ta‘lim yoki malakaga ega bo‗lishi kerak yoki qo‗shimcha rag‗batga ega bo‗lishi kerak va h.k.
Karerogrammaning uchinchi bo‗limi ma‘muriyatning xodimning o‗sishi bilan bog‗liq majburiyatlarni o‗z ichiga oladi.
To‗rtinchi bo‗limda xodimlarning o‗ziga qo‗yilgan talablarning bajarilishi yoki bajarilmaganligi natijasida qo‗llaniladigan rag‗batlantirish yoki jazolash choralari ko‗rsatiladi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin