Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə82/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Qaror qabul qilish jarayoni. Qaror qabul qilish jarayoni murakkab jarayon hisoblanadi. Bu yerda muammoni tushuntirish asosiy vazifa hisoblanadi. Lekin buning uchun holatni, ya‘ni mavjud sharoitni to‗g‗ri baholash va maqsadni aniq yuritish zarur. Ayrim hollarda muammo alomatlari uning kelib chiqish sabablari noaniqligi tufayli tushunarsiz bo‗ladi. Menejer hamma alomatlarni o‗rganib chiqishi zarur, buning uchun esa holatni yaxshi bilish va uni maqsad bilan taqqoslash kerak. Hech qaysi bir muammo uning kelib chiqish sabablari aniqlanmaguniga qadar hal bo‗lmaydi. Masalan, agar menejerning ishga chiqmaydigan yoki har doim kech qoladigan ishchilari bilan muammolari bo‗lsa, bunda bu alomat bilan ishga kechiqishni vujudga keltiruvchi sabablarga nisbatan salbiy natijalarga ega bo‗ladi. Balki, xizmatchida transport bilan bog‗liq qiyinchiliklar yoki nimadir boshqa sabablar bordir; shuning uchun kechikkani uchun ishdan bo‗shatishdan oldin sababini aniqlash lozim.
Muammoning tabiatini aniqlash - bu qiyin jarayon. Yakuniy qarorni qabul qilishdan oldin muammolarni yuzaga keltiruvchi sabablarni aniqlashga harakat qilish darkor.
Muammo sababi belgilangandan va uning tarkibi tushunilgandan so‗ng, keyingi bosqich bo‗lib muammoni yechishi mumkin bo‗lgan qarorlarni aniqlash hisoblanadi. Hammadan yaxshisi o‗z fikrini yozma shaklda bayon etishga harakat qilish. Ko‗p holda bir muammo uchun bir nechta yechimlar mavjud bo‗ladi. Ular yozib qo‗yilganda va baholanganda har bir yechim variantining o‗ziga xos ustunliklari va kamchiliklari ayon bo‗ladi. Siz faqatgina yechim variantlarini taqqoslaganingizda ularning orasidan ratsional va to‗g‗risini topasiz.
Mumkin bo‗lgan yechimlarni tuzishda har bir variant ba‘zi bir baholar tizimida o‗lchanadigan ma‘lum bir natijalargan ega bo‗lishi kerak. Menejer o‗zi qabul qilgan yechim natijalari qanday bo‗lishini prognozlashga harakat qilishi kerak. Oqibatlarini aniqlab bo‗lmaydigan yechimlarni qo‗llab bo‗lmaydi.
Yechimlarni tanlashda, baholashda maqsadlarni va yechimlar ularga erishish uchun qanday yordam berishini hisobga olish darkor. Menejer yechimning sifatiga javobgar bo‗ladi.
Keyingi bosqich - yechimlarni namoyon etish bo‗yicha tashkiliy-amaliy faoliyat. Bu ham murakkab jarayon. Yechim personalda tanish bo‗lmagan, ma‘lum bir ziddiyatni vujudga keltirishi mumkin. Ko‗pchilik hollarda xizmatchilarga ba‘zi bir muammolar yechimlarini e‘lon qilishga shoshilmaslik kerak. Yaxshisi buni asta-sekin realizatsiya qilish jarayoni singari xizmatchilar bilan mulohaza qilish bilan birga o‗tkazish kerak. Menejer umumiy qoida -―hetiyotkorlik‖dan tashqari, yechimlarni qo‗llash bo‗yicha masalaga qanday yondashishi kerakligi haqida qoidalar majmuasi yo‗q. Yechimlar xizmatchilarni tepadan majburlab yuborilgan deb emas, balki o‗zlarinikidek qabul qilgan holda ularni tuzishda ishtirok etganlarida tez va yaxshiroq qo‗llaniladi.
Keyingi bosqich deb qarorlar bajarilishi va natijalar olinishini nazorat qilish hisoblanadi. Qabul qilingan qarorlarning natijalarini har doim ham oldindan qanday bo‗lishini yetarlicha aniq aytib bo‗lmaydi. Faqatgina qarorlar qo‗llanishini nazorat qilish ularning nimaga arzishini ko‗rsatadi.
Ilgari ―lider‖ (yo‗lboshchi) va ―управляющий‖ (boshqaruvchi) so‗zlari ko‗p ishlatilar edi. Lider va boshqaruvchilarning qaror qabul qilish jarayonini yaxshi tushunish uchun ularni o‗zaro bir-biridan farqlash kerak.
Komanda lideri va bo‗lim boshqaruvchisining vazifalaridagi farq lider bilan rahbar, boshliqlar vazifalari o‗rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi.
Rahbar boshqarishni shaxsan o‗zi xohlagan qaror qabul qilish va mehnat jarayoni ustidan nazorat asosida olib boradi. Lider qaror qabul qilish huquqini tortib olmaydi, balki aksincha, bu huquqni brigada yoki komandaning har bir a‘zosiga topshirib qo‗yadi. Uning asosiy maqsadi - qaror qabul qilish emas, komandaning boshqa a‘zolari yechishi zarur bo‗lgan muammolarni qidirish, jamoa faoliyatining maqsad va vazifalarini shakllantirish bo‗yicha yordam ko‗rsatishdan iboratdir. Shunga mos ravishda mehnat jarayonini nazorat qilish vazifasi (ya‘ni ma‘muriy majburlashga asoslangan, xodimlar ustidan hukmronlik) muvofiqlashtirish vazifasi, ya‘ni har xil, xodimlarning ko‗pincha o‗zaro zid bo‗lgan manfaatlarini kelishtirish yo‗llarini qidirish bilan almashtiriladi.
Qaror qabul qilish jarayonidagi yoki boshqacha aytganda, boshqaruv uslubidagi bunday o‗zgarishlar birinchi navbatda hozirgi zamondagi odamlar o‗rtasidagi munosabatlarning o‗ziga xos tomonlari va ishlab chiqarishning obyektiv zaruriyatlari bilan asoslanadi.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin