Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə85/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Tayanch iboralar


Boshqarish (menejment), institutsional aspekt, funktsional va instrumental aspektlar, boshqaruv jarayoni, boshqaruv stili, avtoritar uslub, aloqadorlik uslubi, avtonom uslub, boshqaruv mexanizmining fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash vositalari, rahbarlikning avtoritar, demokratik va erkin (liberal) tiplari, tanqid, kadrlar tanlash va ko‗tarish tizimi, qarorlar qabul qilish jarayoni, xodimlami rag‗batlantirish tizimi, nazoratni tashkil qilish mexanizmi, rahbar mehnati va vazifalari.

Nazorat va mulohaza uchun savollari


  1. Boshqarishning mohiyati nimada?

  2. Nazoratni tashkil qilish mexanizmi deganda nimani tushunasiz?

  3. Qaror qabul qilish jarayoni va muammolami hal qilish usullari qanday?

  4. Qanday boshqarish uslublarini bilasiz?

  5. Boshqamv vositalarining qaysi turlarini bilasiz?

  6. Ishbilarmon rahbar qanday bo‗lishi kerak?

  7. Karyerani rejalashtirish deganda nimani tushunasiz?

  8. Nazorat tizimi qanday tashkil qilinadi?

  9. Rahbar mehnati va vazifalari nimalardan iborat?

  10. Rahbar mehnati qanday tashkil etilgan bo‗lishi kerak?

7-bob. INSON RESURSLARINI BOSHQARISH JARAYONIDA ISH

FAOLIYATINING SIFATI VA MIQDORINI BAHOLASH MUAMMOLARI

7.1. Sifatni nazorat qilish tizimi.Sifatni boshqarish


Sifatni boshqarish juda jiddiy va murakkab muammo hisoblanadi. Shuning uchun eng yaxshi sifatni kafolatlash uchun ishlatiladigan usullarni keng o‗rganish zarur. Avvalo, sifatni aniq ifodalab berish zarur. Texnik shartlar tomonidan qo‗yilgan talablarga javob berganda mahsulot sifatli hisoblanadi. Biroq haqiqiy sifat faqat texnik shartlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni emas, balki bu texnik shartlar bozor talabiga javob berishini ham taqozo etadi. Shuning uchun sifat mahsulotni ishlab chiqargandan so‗ng uni taqsimlash va xaridorga xizmat ko‗rsatishni ham o‗z ichiga oladi. Ishlab chiqarish maqsadi xaridorga zarur bo‗lgan va uning tannarxi hamda ishlab chiqaruvchining foydasiga haq to‗lashga tayyor bo‗lgan mahsulotni ishlab chiqarishdir. Buning uchun har bir ishlab chiqarish va sotish bosqichi mahsulot sifatini ta‘minlash uchun xizmat qilishi kerak.
Boshqaruv amaliyotida zaruriy sifatni ta‘minlash muammosi menejer uchun eng murakkab muammolardan biridir. U barcha ishlab chiqarish jarayonlarining sifatni kafolatlash mezonlari bo‗yicha nazorat qilishi kerak. Mahsulot sifati - zamonaviy bozor uchun eng muhimdir. Kishilar bozorda kam sifatli tovarga kam haq to‗lashdan ko‗ra, yuqori sifatli tovar uchun ko‗p haq to‗lashga tayyor.
Yomon sifatli tovar ishlab chiqarishdan ko‗ra uni umuman ishlab chiqarmagan afzal. Buning sabablari:

  1. Har bir tovarning tannarxi bor. Agar Sizda sotish orqali xarajatlarni qoplashga umid yo‗q bo‗lib, biroq yomon sifatli mahsulotni sotish imkoniyatlari mavjud bo‗lsa ham, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan deyarli barcha resurslar yo‗qotilgan hisoblanadi. Agar bu kichik xajmda va arzon mahsulot bo‗lsa, sizning zararingiz katta bo‗lmas. Biroq Siz uzoq vaqt davomida va ko‗p mahsulot yoki avtomobil singari katta xarajatli mahsulot ishlab chiqarsangiz, va u texnik shartlarga javob bermasa, muammolarga duch kelasiz. Hozir albatta sifatli mahsulot ishlab chiqarish zarur.

  2. Ikkinchi sababi bu mahsulot uchun javobgarlik. AQSH va boshqa g‗arbiy mamlakatlarda mahsulot yomon sifatli va qo‗yilgan talablarga javob bermasa, mijozga etkazilgan zarar uchun kompaniya javobgar bo‗ladi. AQSHda kishilarga yomon konstruksiyalangan yengil va xatto yuk avtomashinalari jiddiy zarar keltirgani haqida misollar ko‗p. Buning natijasida javobgar firmalar sud da‘volariga ko‗ra ko‗p million dollarli to‗lovlarni to‗lashga majbur bo‗ldi. Bu muammo shunchalik jiddiyki, ayrim firmalar yomon sifatli mahsulot ishlab chiqarishga bo‗lgan javobgarlikni sug‗urtalash orqali yuqoridagi holatlardan himoyalanmoqdalar. Mahsulot uchun mas‘uliyatning boshqa tomoni ommaviy axborot vositalarining yuqoridagi kabi hollarni keng yoritishi natijasida firma imidji (obro‗si) va bozorda tovar obro‗siga etkaziladigan qo‗shimcha zarar.

  3. Ishni yo‗qotish mumkin. Agar mijozingiz qoniqmasa, uning ehtiyojlarini yanada samarali qondiruvchi boshqa manbalarni izlaydi. Mahsulotning yomon sifati va yomon xizmat ko‗rsatish xaridorlar sovib ketishining eng asosiy sabablardandir. Bu elementlar, ya‘ni xarajatlar, javobgarlik va mijozni yo‗qotish bir-biriga katta ta‘sir ko‗rsatadi.

4.Ishlab chiqarishning qisqartirilishi. Bu nuqsonli (brak) yoki yomon konstruksiyalangan mahsulot bilan shug‗ullanish uchun ishlab chiqarish liniyasini to‗xtatish zarur bo‗lganda sodir bo‗lishi mumkin. Bu esa xarajatlarni oshiradi.
Sifatni boshqarish tarixi ikki yuz yil avval, ya‘ni 1810-yilda bug‗ dvigateli ishlab chiqarilishi bilan boshlangan sanoat inqilobi davriga borib taqaladi deb o‗ylash mumkin. Biroq sifatni zamonaviy boshqarish 70 yildan beri mavjud. Shunga ilk bor e‘tibor bergan mashhur kishilardan biri janob Shuart ―Bell telefon laboratoriz‖ning ilmiy xodimi bo‗lib, 1930-yillarda mahsulot sifati muammolari bilan shug‗ullangan. Bu sohadagi misolga Yaponiyada V.Edvards Deming faoliyatini keltirish mumkin. Deming amerikalik bo‗lib, sifat nazorati konsepsiyasi bo‗yicha uzoq vaqt va samarali mehnat qildi. Uning faoliyati Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‗ng o‗z e‘tiborini Yaponiyaga qaratishi bilan boshlanadi. Urushgacha Yaponiya boshqa asosiy g‗arbiy mamlakatlar singari yuqori samarali sanoatga ega emas edi va urush natijasida ishlab chiqarish imkoniyatlariga ancha putur etdi.

32-rasm. Sifatlsiz tovar ishlab chiqarmaslik sabablari38


Mahsulot sifati juda past edi, jahon bozorida raqobatli mahsulot ishlab chiqarish haqida bilimlar kam edi. Deming hayotining asosiy qismini Yaponiyada sifat nazorati ustida ishlash bilan o‗tkazdi. Taxminan, 20 yil mobaynida Yaponiya mahsulotlarining sifati o‗sib, hozirgi darajagacha etib keldi. Sifatni boshqarish sohasidagi muammolarni hal qilish natijasidagina eng raqobatli mamlakatga aylandi.
Ular qo‗llagan jarayon o‗ziga xos, ularning madaniyatini aks yettiruvchi bo‗lib, asosiy belgilarini saqlagan holda boshqa mamlakatlarda qo‗llash mumkin. Yaponlar har bir kishini yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish zaruriyatini tushundilar va shunga intilishiga erishdilar va sifatga olib keluvchi natijalarni doim nazorat qilib bordilar.

Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin