Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini boshqarish


-rasm. Sifatni nazorat qilishda mahsulotni loyihalashdagi asosiy omillar39



Yüklə 5,18 Mb.
səhifə87/127
tarix24.10.2023
ölçüsü5,18 Mb.
#160326
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

33-rasm. Sifatni nazorat qilishda mahsulotni loyihalashdagi asosiy omillar39
Bu bosqichda o‗lchash tizimi va miqdor ko‗rsatkichlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda ularni statistik nazorat ostidaligini aniqlash mumkin bo‗lsin. Biz hamma detallarni yoki ulardan birortasini sifatini aniqlashimiz mumkin. Liniya inspektori yig‗uv liniyasida eng muhim kishilardan biri sanaladi, chunki u mahsulotni bevosita ishlab chiqarish jarayonida kuzatadi va uning sifat standartiga mos kelishini aniqlab boradi. Agar o‗zgarishlar sodir bo‗lsa, darhol uning oldini olish choralari ko‗rilishi zarur.
Sifat tavsifini o‗lchash tizimi o‗rnatilgandan so‗ng, zarur talablarga rioya etilayotganligini aniqlash uchun statistik usullardan foydalanishimiz mumkin. Statistik ko‗rsatkichlar ko‗rsatiladigan xizmatlarga qaraganda, moddiy mahsulotlar ishlab chiqarishda oson qo‗llaniladi. Xizmatlar sohasida bu borada bir qator muammolarga duch kelish mumkin.
Masalan, bizda shisha idishlarni suyuqlik bilan to‗ldiruvchi dastgoh bor. Bu dastgoh 1 minutda ko‗p idishni to‗ldiradi. Bu tez jarayon bo‗lib, vujudga keladigan muammolarni o‗z vaqtida hal qilish kerak. Deylik, dastgoh 0,5 idishlarni to‗ldiradi. Hech bir idishga aynan yarim litr suyuqlik to‗ldirish mumkin emas. SHuning uchun me‘yordan chetlashishning mumkin bo‗lgan darajasini o‗rnatish zarur. Bu 0,5 yoki 1 litr bo‗lishi mumkinligini aniqlaymiz. Xuddi shunday nazorat suyuqliklarni aralashtirishda, idishni berkitishda, yashikka joylashtirish va tashishda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishda farqlanishlarni o‗lchash usullarining eng yaxshilaridan biri ustunli diagrammalar usulidir. Bu tizim tanlash prinsipi bo‗yicha ishlaydi. Siz kamida to‗rtta mahsulot namunasini olib tekshirishingiz kerak. Deylik, biz liniyadan 10 ta idishni olib, unga qancha suyuqlik solinganligini aniqlamoqchimiz. Bunda idishdagi suyuqlikiing aniq miqdorini o‗lchash tizimiga ega bo‗lishimiz zarur. Buning uchun vizual yoki suyuqlikni konteynerga qo‗yib tortish mumkin. SHunday qilib ishlab chiqarish liniyasidan o‗nta na‘muna olinib, har bir idishdagi suyuqlik aniqlanadi. Umumiy miqdorni 10 ga bo‗lish orqali o‗rtacha bir idishga solingan suyuqlik hajmi aniqlanadi. Biz o‗rtacha ortiqlik yoki yetishmovchilikka ega bo‗lamiz.
Sifatni nazorat qilishning boshqa metodlari ham bor. Ayrim hollarda murakkab metodlardan foydalanish zarur bo‗ladi. Sifatni nazorat qilishning eng yaxshi sistemasini ishlatish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan tizimlardan foydalaniladi.
Yetakchi ishlab chiqarishlarda ko‗p tovarlar mashinalar tomonidan tekshiriladi.
Masalan, kompyuter mikrosxemalari doim mashinalar tomonidan tekshiriladi.


Yüklə 5,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin