Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


TOSHKENT ISLOM MADANIYATI POYTAXTI



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

TOSHKENT ISLOM MADANIYATI POYTAXTI
– mamlaka-
timizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va 
saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro 
ko‘lamdagi e’tiroflardan biri. 2007-yil yanvarda Islom konferensiyasi 
tashkiloti tarkibidagi muassasalaridan biri ta’lim, fan va madaniyat 
masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 
islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov bu e’tirofni “o‘zbek xalqining islom madaniyati rivo-
jiga qo‘shgan beqiyos hissasiga berilgan munosib baho”, deb ta’rifladi. 
Shu munosabat bilan shaharda bunyodkorlik ishlari yanada avj 
oldirildi. Jumladan, qisqa muddatlarda Hazrati Imom majmuasi tubdan 
qayta ta’mirlandi, yangi minora, masjid, xiyobonlar bunyod etilib, un-
da ko‘plab shaharliklar o‘z beminnat mehnatlari bilan hissa qo‘shdilar. 
Ko‘kaldosh madrasasi (XVI asr), Shayx Zayniddinbobo (XIII-
XIXasrlar), Zangiota (XIV-XX asr), Xo‘ja Alambardor (XIX asr), 
Shayx Xovandi Tohur (XV-asr), Yunusxon (XVasr) maqbaralari, 
Abulqosim madrasasi (XIX-asr) va boshqalar ta’mirlandi. 2007-yil 14-
15-avgustda Toshkent, Samarqand shaharlarida “O‘zbekistonning 
islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro 
ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilgan.
 
2.3. Tashkilotda sub-madaniyat 
Tashkilotda bitta monolit madaniyat mavjud emas, balki ko‘plab 
mahalliy madaniyatlar bo‘lishi mumkin. Bunda tashkilot madaniyati 
deganda butun tashkilotda ustunlik qiladigan madaniyat tushuniladi, 
sub-madaniyat deganda esa tashkilot qismlarining madaniyati (bo‘lim-
lar; bo‘linmalar; professional, mintaqaviy, milliy, jins va yoshga oid va 
h.k). Bu xilma-xil sub-madaniyatlar bitta umumiy madaniyat ustida 
birga bo‘lishi mumkin.


31 
Vertikal, gorizontal va lokal sub-madaniyatlar ajratib ko‘rsatiladi. 
Vertikal sub-madaniyatlar tashkilotning ierarxik tuzilishi bilan asos-
lanadi (rahbarlar, qo‘l ostidagi xodimlar). Gorizontal sub-madaniyatlar 
texnologik 
mehnat 
taqsimoti 
bilan 
asoslanadi 
(masalan, 
_________________________________________). 
Lokal 
sub-
madaniyatlar vertikal va lokal sub-madaniyatlar kesishuvida vujudga 
keladi (masalan, _________________________________________).

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin