6
I BOB. KORPORATIV MADANIYATNING ASOSLARI
1.1. Zamonaviy korporativ madaniyat tushunchasi,
mohiyati va mazmuni
1980-yil boshlarida xorijiy mamlakatlarda korporativ madaniyatga
qiziqish paydo bo‘lishining sabablari:
1. Tashkilotlar tashqi muhitida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y berdi:
‒
ekologiya muhiti: atrof-muhitning ifloslanishi;
‒
fan-texnika sohasi: ishsizlikning o‘sishi, ovqatlanish va h.k. bi-
lan bog‘liq muammolarni hal qilishda texnik imkoniyatlar cheklangan-
ligi;
‒
ijtimoiy muhit: motivatsion inqiroz va hayot mazmunning
yo‘qolishi.
2. Tashqi muhitdagi ushbu o‘zgarishlar tashkilotning ichki muhitida
ham mos keluvchi o‘zgarishlarga olib keldi:
‒
xodimni tashkilot bilan identifikatsiya qilish yetarli emasligi;
‒
rahbar va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida
ishonchsizlik sin-
dromi.
Shundan kelib chiqib, boshqaruv uchun quyidagi vazifalar ishlab
chiqildi:
1) jamiyat oldida, jumladan, axloqiy javobgarlik;
2) jamoada ishlash “biz-hissiyotlar” shakllantirish;
3) boshqaruvda psixologik tarkibiy qismlarni hisobga olish.
Ushbu vazifalarning hal qilishini korporativ
madaniyatlar konsep-
siyasi shakllanishi va ushbu fenomenga qiziqishning o‘sishiga olib keldi.
Bu sohada keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, barcha gullab-
yashnayotgan kompaniyalar siyosati albatta tashkilot muvaffaqiya-
tining garovi sifatida korporativ haqida tasavvurlarni o‘z ichiga oladi.
Bundan
tashqari, tashkilot madaniyati va uning daromad darajasi,
aksiyalar qiymati, sof foyda miqdori kabi ishlab chiqarish ko‘rsat-
kichlari o‘rtasida aloqalar miqdoriy empirik dalillari paydo bo‘ldi.
O‘zbekistonda korporativ madaniyatga qiziqish ancha keyinroq
paydo bo‘lgan bo‘lib, quyidagi sabablar bilan izohlanadi.
Mehnat va tashkilot faoliyatining natijalari
samaradorligiga mada-
niyat ta’sirini boshqaruv sohasi tomonidan tushunilishi O‘zbekistonda
iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Bunda islohotlarning
7
iqtisodiy dastaklari qanchalik ahamiyatli bolmasin yetarli hisoblanmaydi
va korporativ madaniyatsiz kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Korporativ madaniyatni o‘rganish zarurati quyidagi asosiy saba-
blarga asoslanadi:
1)
madaniyat fenomeni real va
u butun jamiyat tashkilotlar,
guruhlar va hattoki alohida olingan shaxs uchun muhim ahamiyat
kasb etadi. Ushbu turdagi ahamiyatga ega bo‘lgan har qanday hodisa
o‘rganilishi
lozimdir;
2)
shaxsning va butun bir tashkilotning ishlab chiqarish faoliyati,
shuningdek, insonlarning tashkilotga bo‘lgan munosabatini korporativ
madaniyatisiz tushunib bo‘lmaydi. Kopgina tadqiqotlar bugungi kunda
har qanday kompaniyaning faoliyati korporativ madaniyatning turiga
yoki kuchiga bog‘liqligini
tasdiqlaydi;
3)
korporativ madaniyat tushunchasini ko‘pincha tashkiliy muhit,
mafkura, falsafa, uslub yoki insonlarni boshqarish usuli tushunchlari
bilan adashtirishadi.
Agar ushbu hodisani jamiyat, inson va tashkilot
ravnaqi maqsadida foydalanmoqchi bo‘lsak, uni ushbu o‘xshash
tuyulgan tushunchalar qatoridan tashqarisida o‘rganishimiz kerak;
4)
madaniy ta’sirlar kuchli hisoblanadi, muayyan modellarga rioya
qilishni, shuningdek taqlid qilishni va prognozlashni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: