Ommaviy hodisa va jarayonlardir. Statistika fani ijtimoiy hodisalarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’langan holda o’rganadi.
Statistika fanining predmeti
Ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy-sifat aniqligini o’rganish, ularda aniq makon va zamon sharoitida namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlar orqali ifodalashdan iborat.
Statistika ommaviy hodisa va jarayonlarni o’rganadi. Ular biror narsalar to’plamida va o’zaro bog’langan to’plamlar orasida kechadi.
Ommaviy hodisa - biror ob’ektlar to’plamida yoki murakkab ob’ekt elementlari majmuasida yuzaga chiqqan voqea.
Ommaviy jarayon - bu ob’ektlar to’plamida sodir bo’lgan voqealar oqimi va uning xarakteri, ularning rivojlanish darajalari, to’plama hodisalar kechishidagi (harakatidagi) o’zgarishlar.
Ommaviy hodisa va jarayon bir qator muhim belgilari va xossalari bilan ajralib turadi:
birinchi muhim belgisi - unda bir qancha ob’ektlar ishtirok etib, ular o’xshashlik alomatiga ega ekanligidan iborat;
ikkinchi xossasi - ayrim to’plam ob’ektlari, elementlari o’ziga xoslik alomatiga ega bo’lib, mustaqil, erkli tarzda amal qilishidan iborat;
uchinchi xossasi - to’plam biror ob’ekti haqidagi tafsillarni uning barcha boshqa ob’ektlarining tafsillaridan aniqlab bo’lmasligi;
to’rtinchi eng muhim belgisi - unda ma’lum qonuniyat yuzaga chiqishi, ammo u yakka hodisada namoyon bo’lmas-ligidan iborat.
Statistika uslubiyati deganda ommaviy hodisa va jarayonni ilmiy tekshirishda va boshqarishda, unda namoyon bo’ladigan qonuniyatlarni o’rganish va ulardan amaliy foydalanish jarayonida qo’llanadigan o’ziga xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo’llar, vositalar majmuasi tushuniladi.