- ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash;
- statistik xulosalarni chiqarish;
- asosiy maqsad va vazifalar.
STATISTIK METOD
Statistika o’z ob’ektini ma’lum metodlar yordamida o’rganadi.
Statistika dialektik metodga asoslanib, o’z predmetining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ommaviy hodisa va voqealarni o’rganishning maxsus statistik metodlarini yaratgan. Ularning yig’indisi statistika metodologiyasi deyiladi.
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi.
Tekshirishning har bir bosqichida maxsus statistik metodlar qo’llaniladi.
Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir.
Statistik to’plam – bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir.
To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin.
Statistik ko’rsatkich – bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir. Statistik ko’rsatkichlar hajmiy va hisoblangan ko’rsatkichlarga bo’linadi. Ular reja, hududiy, haqiqiy, bashoratlangan ko’rsatkichlar shaklida bo’lishi mumkin. Statistik ko’rsatkichlarni statistik ma’lumotlar bilan chalkashtirmaslik kerak. Statistik ma’lumotlar bu statistik ko’rsatkichlarni aniq raqamdagi ifodasidir.