1.2. Menejmentning ilmiy maktablari
Boshqaruv fikri gʻoyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha
yondashuvlar mavjud boʻlib, ular baʼzida bir birlariga mos kelganlar, baʼzida esa bir
birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv obʼektlari boʻlganlar,
shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar koʻproq boshqa sohalardagi
muvaffaqiyatlarga bogʻliq boʻlganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv
boʻyicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar haqida bila
boshlaganlar.
10
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez
oʻzgarishlarning maydoniga aylangan va koʻp mamlakatlarning hukumatlari
biznesga nisbatan oʻz munosabatlarini borgan sari qatʼiyroq belgilay boshlaganlar.
Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga taʼsir
koʻrsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga taʼsir koʻrsatganlar.
Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini
rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan toʻrtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin.
Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan
yondashuv. U, oʻz navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan koʻrib chiquvchi
quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, maʼmuriy boshqaruv, insoniy
munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda "Maktabni ilmiy tashkil
qilish" nomi bilan keng mashhur boʻlgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi
XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis-
tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u oʻzining kundalik ishida unumdorlik va
samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni fao llashtirish
muammolarini hal qilgan. Uning taʼlimi menejment zamonaviy konsepsiyasining
asosiy nazariy maktabi boʻlgan. Bu maktabning koʻzga koʻringan vakillari:
L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor oʻz nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni
yozgan. "Kelishuv tizimi" (1895), "Sex menejmenti" (1903), va "Ilmiy menejment
tamoyillari" (1911). F.Teyl or oʻz asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga
qoʻshish, "kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi"ni amalga oshirishga
harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini taʼminlovchi
usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta shoʻbaiqish uygʻotgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi boʻyicha sanoat mehnati sohasiga
ayl antirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va
farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil oʻtkazishdan iborat
boʻlgan. Ishlab chiqarish tizimida yoʻlga qoʻyilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil
xodim oʻzining vazifalari uchun javobgar boʻlishi kerak. Bunda xodimlar turlarini
ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy
maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini
oʻsishi va xoʻjayinlar va maʼmuriyat bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi
tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment
tizimi toʻliq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar oʻrtasidagi barcha bahslar va
ziddiyatlarni hal qiladi deb oʻylagan.
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
- maʼmuriyat hal qilishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilash;
- subʼyetiktizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
- boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga ayl antirish;
- mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni baj arishga
yoʻnaltirish;
- faoliyatni qatʼian tartibga solish;
11
- vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng toʻgʻri bajaradigan xodimlarni
maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni oʻqitish;
- xoʻjalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy
tahlildan foydalanish;
- ishlarni rejalashtirish;
- xodimlarni ragʻbatlantirish.
Boshqaruvning klassik yoki maʼmuriy maktabi (1920-1950).
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng
katta ulush qoʻshganlar. Bu makt abning vakillari tashkilotlarning umumiy taʼriflari
va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning
ikkita jihatiga daxldor boʻlgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat boʻlgan.
Birinchisi- tashkilotni boshqarishning rasional tizimini ishlab chiqish. Bu
nazariyachilar biznesning asosiy
xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni
boʻlinmalarga boʻlishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar.
Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb
hisoblanganlar. Ikkinchi jihat - tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini
qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol boʻlib xizmat qilgan, unga koʻra
odam faqat bitta boshliqdan boʻyruqlar olishi va fakat bitta unga boʻysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy inunosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett
(Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obroʻli vakillaridir. Bu
maktab vakillari, agar rahbarlik oʻz xodimlari haqidagi gʻamxoʻrlikni oshirsa, unda
xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni
koʻpayishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali
harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga
kengroq imkoniyatlarni berishni oʻz ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni
boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng
koʻzga koʻringan vakillari - F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab
insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga
koʻra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini
qoʻllash asosida oʻzining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga koʻproq darajada
yordam koʻrsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati
samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yoʻli bilan
oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni toʻgʻri qoʻllash
hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini
oshishiga yordam berishi kerak.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha).
Eng koʻzga koʻringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va
L.Kantoravich (sob. SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika.
statistika, muhandislik fanlari maʼlumotlaridan foydalanishga asoslanadi va
operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng qoʻllashni koʻzga
tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda
yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda
ushbu usullarni koʻllashga kuchli turtki boʻlgan boʻlsa kerak. Ular oʻsib boruvchi
12
murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar
haqiqatga koʻproq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq boʻladilar.
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab
chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qoʻshgan, chunki fanni aniq vaziyatlar
va sharoitlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash imkoniyati paydo boʻlgan. Vaziyatli
yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya ʼni aniq holatlardan iborat boʻladi, ular
tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta taʼsir koʻrsatadilar. Ham tashkilotning oʻzida,
ham atrof muhitda koʻpgina bunday omillar mavjud boʻlganligi sababli, tashkilot
faoliyatini boshqarishning yagona "yaxshi" usuli yoʻq boʻladi. Boshqaruvning
vujudga kelgan vaziyatda koʻproq mos keluvchi usuli eng samarali boʻladi.
M.Follett 20 - yillardayoq "Vaziyat qonuni" haqida gapirgan. Ammo bu
yondashuv faqat 60 - yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan.
Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yigʻindisi emas,
balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir.
Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy
maqsadlariga erishishga koʻproq darajada yordam berishini tushunib olishlari
mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq
usullar va konsepsiyalarni maʼlum vaziyatlar bilan bogʻlash zarur.
Vaziyatli yondashuvda eʼtibor tashkilotlar va tashkilotlarning oʻzlarining
ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli oʻzgaruvchan
vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga taʼsirini aniqlash zarur.
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha).
50-yillarning
oxirida
boshqaruvda
tizimlar
nazariyasini
qoʻllanishi
menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti
va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi boʻlgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan
qoʻllana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv
nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy taʼsirini toʻliq darajada baholashning iloji yoʻq.
Shunga qaramasdan bugun uning taʼsiri juda katta va bundan keyin ham u oʻsib
boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va
nazariyalarni sintez qilish mumkin boʻlar.
Oʻzgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga taʼsirini aniqlash
menejmentga tizimlar
nazariyasining
mantiqiy davomi
boʻlgan
tizimli
yondashuvning asosiy ulushi boʻladi.
Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qoʻllashlari
uchun tashkilotni oʻzgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga
oʻzgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga
moʻljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi oʻzaro bogʻlangan
elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak.
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi
vaqtda keng qoʻllaniladi. U birinchi marta maʼmuriy boshqaruv maktabi vakillari
tomonidan taklif qilingan boʻlib, ular menejerning vazifasini taʼriflashga harakat
qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu
yondashuvga koʻra, boshqaruv uzluksiz oʻzaro bogʻliq harakatlar (xizmatlar)
jarayoni sifatida koʻrib chiqiladi, ularning har biri ham, oʻz navbatida bir necha
13
oʻzaro bogʻlangan harakatlardan iborat boʻladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror
qabul qilishning bogʻlovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik
(yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida koʻrib chiqiladi. U xo dimlarga taʼsir
koʻrsatishning shunday imkoniyatini koʻzda tutadiki, ular maqsadlarga erishish
yoʻnalishida mehnat qilsinlar.
Quyida
boshqaruvda
yondashuvlarning
evolyutsiyasining
chizmasi
koʻrsatilgan:
1885y
1920y
1930y
1940y
1950y
1960y hozirgi vaqt
1
2 .
3
4
5
6
7
8
1. Ilmiy boshqaruv nuqtai nazaridan yondoshuv
2. Maʼmuriy yondoshuv
3. Insoniy munosabatlar nuqtai nazaridan yondoshuv
4. Hulq haqidagi fan nuqtai nazaridan yondoshuv
5. Miqdoriy usul nuqtai nazaridan yondoshuv
6. Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshuv
7. Tizimli yondoshuv
8. Vaziyatli yondoshuv
Yondoshuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa koʻrindiki, boshqaruv
fikri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish
haqidagi yangi gʻoyalarni tugʻilishga yordam bergan.
Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganl arki, ular tashkilot
maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit tola olganlar. Ammo soʻnggi tadqiqotlar
va boshqaruv amaliyotini koʻrsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining
faqat ayrim tomonlariga tegishli boʻlgan, olingan natijalar esa faqat maʼlum
vaziyatlar uchungina toʻgʻri boʻlgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma
vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli
tumanliroq boʻlgan. Vaqti vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi,
oldin nomaʼlum boʻlgan tomonlarini ochganlar va mustahkam boʻlib koʻringan,
ammo notoʻgʻri qarashlarni koʻrsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu
tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qoʻshganlar.
Dostları ilə paylaş: |