11-modda. Investorning majburiyatlari Investor:
soliqlar va to‘lovlarni to‘lashi;
investitsiya qilish munosabati bilan o‘zi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi, mehnat to‘g‘risidagi, shaharsozlik to‘g‘risidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashi;
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yiladigan talablarini bajarishi shart.