Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali "tasdiqlayman"



Yüklə 40,94 Kb.
səhifə2/10
tarix08.06.2022
ölçüsü40,94 Kb.
#60928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiyot nazariyasi Sillabus 2021-2022 YANGI

Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushuncha va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o`rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilish.
Fanning vazifalari - talabalarning nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish; iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo’lgan uslubiy yondashuvlarni egallashiga ko’maklashish; ular ongiga milliy istiqlol g`oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish; Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish; iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to’grisidagi amaliy ko’nikmalarni hosil qilish;


III. Ta’lim berish natijalari
Har tomonlama kamol topgan yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o`ynovchi fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining tarkib topish xususiyatlari, o`tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiy o`sish va unga ta`sir etuvchi omillar, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tendensiyalari kabi masalalarni qamrab olgan.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani talabalarni jamiyatda ro`y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo`lishda, mamlakarni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a`zosini g`oyaviy jihatdan yo`naltirish, manaviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta`sir ko`rsatadi.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
- iqtisodiyot nazariyasi asoslari; iqtisodiy kategoriyalar; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlari; ishlab chiqarish omillari; bozor iqtisodiyoti sub’ektlari; zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlari; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlar haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
- iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash; iqtisodiy muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plash va ulardan foydalana olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 40,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin