U qanday rivojlanadi ? Inson ongining ruhining materiyaga , tabiatga munosabati qanday ? Dunyoni bilishga qodirmi yoki yo`qmi ? Insoniyat jamiyati qanday paydo bo`lgan va uning harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat kabi savollar shular jumlasidandir .
Falsafaning e`tibor markazidagi savollarning xilma – xilligi va qiziqarliligini e`tiborga olib yunonlar uni donolik fani yoki donishmandlik deb ataganlar.
Falsafa voqealikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligini va rivojlanish qonuniyatlarini , uning mohiyatini bilishga qaratilgan fandir . Falsafaning paydo bo`lishi qadimgi Sharq mamlakatlarida quldorlik tuzumining o`rnatilishi va rivojlanishi davriga to`g`ri keladi , chunki fanning taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan ijtimoiy – iqtisodiy ,