barcha ma`nolar va g`oyalar “ aytib bo`linganligi “ haqida mushohada yuritib , inson o`ziga yog`ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e`tiborni qaratar ekan , notizimlilik , Yevropa an`anaviy falsafiy bilimning negizlari , qadriyatlari va chegaralarini o`zlashtirish g`oyasini ilgari surdilar .
Nihoyat 20 - 21 – asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o`ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatorida o`rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo`nalishlarini anglashga alohida e`tibor qaratildi . Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki , ularning nazariy va amaliy yechimini topish bu muammolarni shu jumladan falsafiy darajada anglab yetishni ham nazarda tutadi . Xalqaro miqyosda alohida e`tibor berish va